O‘zbekistonda 2025-yilning I-choragi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2,03 trln so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 299 ming 384 ta sud buyrug‘i chiqarildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, 142 ming 185 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 115 ming 148 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan. Yana 10 662 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 14 696 tasi bo‘yicha daʼvolar ko‘rmasdan qoldirilgan. Shu bilan birga, 1 679 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Fuqarolik ish (sud buyruqlaridan)lardan 186 ming 151 tasi kredit qarzini undirish, 62 375 tasi soliq qarzini undirish, 43 243 tasi kommunal qarzlarini undirish, 19 313 tasi aliment undirish hamda 17 131 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.
Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 9 063 tasi bo‘yicha daʼvo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan). Yana 6 010 tasi bo‘yicha daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 1 481 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 577 ta daʼvo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Bundan tashqari, ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan 717 ta ishning 316 tasi bo‘yicha daʼvo talablari qanoatlantirilgan. Yana 275 tasi bo‘yicha daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 160 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 20 ta daʼvo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Izoh (0)