Andijon viloyatida birovning intim foto va videolarni tarqatmaslik uchun 14 ming dollar talab qilgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tovlamachilik jinoyati fosh etildi.
Xususan, fuqaroning arizasiga asosan tadbirda 1995-yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga tegishli telefonda murojaatchining intim foto va videolarini tarqatish bilan qo‘rqitgan. Ayol ularni tarqatmaslik evaziga 14 ming dollar talab qilgan.
U pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
- Buxoro shahrida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uni turmush o‘rtog‘iga oshkor qilmaslik evaziga telefon talab qilgan qiz qo‘lga olingandi.
- Toshkentda ayolning foto-videolarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, undan pul talab qilgan erkak ushlangani,
- Toshkent viloyatida 19 yoshli qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)