Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sexi binosida 10-sentyabr kuni soat 14:15 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat 17:00 da qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri nazoratida amalga oshirildi. Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh (0)