“Daryo” 2021-yilda jamoatchilik diqqat markazida bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqlarda faol tarzda muhokama qilingan voqealar aks etgan yil suratlari, videolavhalaridagi kadrlarning ayrimlarini yodga oladi.
Surxondaryo viloyati Denov tumani Yangi Xazarbog‘ mahallasidagi bulduruq. 2021-yil 5-yanvar. Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor qo‘riqxonasida sovuq harorat sabab muzlab qolgan Suvtushar sharsharasi. 2021-yil 6-yanvar. Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tushgan. Keyinroq ushbu ish doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “siyosatga xiyonat qilgan” deb topilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga nisbatan 2021-yilning yanvarida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ish iyun oyida yakunlanib, Toshkent viloyat sudiga yuborildi. Hozirda Akrom Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Jizzax shahrining Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyning bir qismi 10-yanvar kuni soat taxminan 17:15 da qulab tushdi. Bino olti qavatli bo‘lib, dastlabki ikki qavati noturar joy, yuqori to‘rt qavati esa yashash uchun mo‘ljallangan, hali foydalanishgan topshirilmagan. Binoning 240 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan yettita xonadoni qulab tushgan. Keyinroq ushbu ish doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “siyosatga xiyonat qilgan” deb topilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga nisbatan 2021-yilning yanvarida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ish iyun oyida yakunlanib, Toshkent viloyat sudiga yuborildi. Hozirda Akrom Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda. Foto: Telegram
“Forish” tog‘ poligonigadagi yangilangan infratuzilma, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev hamda huquq-tartibot, kuch tuzilmalari rahbarlari. 2021-yil 11-yanvar. Foto: Prezident matbuot xizmati
“Saygachiy” majmua buyurtmaxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga tushib qolgan sayg‘oqlardan biri. 2021-yil 22-yanvar. Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Toshkent hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan poniga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yordamida Busya ismi qo‘yildi. 2021-yil 26-yanvar. Foto: Toshkent hayvonot bog‘i
Nukus shahrining “Jiydeli-Baysun” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Kattagar kanali o‘rtasidagi muz bo‘lagida 2 kun qolib ketganidan so‘ng qutqarilgan it. 2021-yil 1-fevral. Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng kutilmaganda Farg‘ona shahridagi Shodiyona mahallasiga kirib borgan prezident Shavkat Mirziyoyevni ko‘rib qolgan mahalliy aholi vakillari. 2021-yil 5-fevral. Foto: Prezident matbuot xizmati maketi. Bir qator muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu stela keyinroq Qibraydagi yangi bog‘ hududida qurilishi ma’lum qilindi. 2021-yil 13-fevral." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Toshkent shahar hokimligi tomonidan olib kelingan “Moviy gumbazlar” restorani yonidagi xiyobonda “Istiqlol” majmuasida o‘rnatiladigan stelaning joylashuv o‘rni maketi. Bir qator muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu stela keyinroq Qibraydagi yangi bog‘ hududida qurilishi ma’lum qilindi. 2021-yil 13-fevral. Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkentda foydalanishga topshirilgan kuniyoq YTHga uchragan vaksina tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillar. 2021-yil 23-fevral. Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya Xiva shahridagi Xivadagi Ichan Qal’a majmuasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hamrohligida choy ichmoqda. 2021-yil 8-mart. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “sarguzashtlar”ni boshdan o‘tkazdi. Masalan, mart oyida Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidan Sergeli yo‘liga o‘tish joyida poyezdlar to‘qnashib ketdi, Toshkentda metro poyezdi yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib ochiq eshik bilan harakatlandi. Metropoliten holat bo‘yicha xizmat tekshiruvini boshladi, “Novza” metro bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, yo‘lovchilar relslardan yurishga majbur bo‘ldi, “Amir Temur xiyoboni” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi, yo‘lovchilar “Toshkent” bekatida tushirib qoldirildi. " data-action="zoom" class="border lazyload" />
Yil boshidan buyon Toshkent metropoliteni bir qancha “sarguzashtlar”ni boshdan o‘tkazdi. Masalan, mart oyida Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lidan Sergeli yo‘liga o‘tish joyida poyezdlar to‘qnashib ketdi, Toshkentda metro poyezdi yo‘lovchilar hayotini xavfga qo‘yib ochiq eshik bilan harakatlandi. Metropoliten holat bo‘yicha xizmat tekshiruvini boshladi, “Novza” metro bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, yo‘lovchilar relslardan yurishga majbur bo‘ldi, “Amir Temur xiyoboni” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi, yo‘lovchilar “Toshkent” bekatida tushirib qoldirildi. Foto: Telegram
“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘l cho‘kdi. 2021-yil 25-mart. Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolanib, sog‘ayib chiqqan 99 yoshli onaxon. 2021-yil 26-mart Foto: SSV
2021-yil 6-aprel kuni Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) mutaxassislari Bo‘stonliq tumanida — Toshkent viloyatining Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududdagi eng baland nuqtasida vertolyotda doimiy aerovizual kuzatuvlardan birini o‘tkazdi. Suratda Oygaing stansiyasiyada ishlaydigan meteorolog-texnik Ravshan Ibragimovning rafiqasi va Safar ismli o‘g‘li. Foto: “Gazeta.uz”
Saida Mirziyoyeva Mass-media fondi va Milliy TV telekanali Ramazon oyi munosabati bilan “Ramazon diydor” loyihasini yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi. Ushbu loyiha doirasida xayriya iftorlari o‘tkaziladi. Suratda namoz o‘qiyotgan Saida Mirziyoyeva (o‘ngdan birinchi). 2021-yil 19-aprel. Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov (o‘ngdan birinchi) “Azon.uz” loyihasi rahbari Mubashshir Ahmad bilan bir safda namoz o‘qimoqda. 2021-yil 19-aprel. Foto: Telegram / Komil Allamjonov
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov va ikki mamlakat muftiylari hamrohligida “Turkmanboshi ruhi” masjidiga tashrif buyurdi. Shundan so‘ng turkmanistonlik hamkasbi bilan masjid yaqinida iftorlik qildi. 2021-yil 29-aprel. Foto: Prezident matbuot xizmati Ispaniyada ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. 2021-yil 9-may." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Video Xitoyda 5 mln martadan ortiq tomosha qilindi, Buyuk Britaniya, Rossiya va Ispaniyada ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. 2021-yil 9-may. Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Bo‘stonliqda “Qizil kitob”ga kiritilgan, ammo Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsat bilan Rossiya fuqarosi Shirokov Ye.P. tomonidan otib o‘ldirilgan ayiq. 2021-yil 12-may. Foto: Telegram / @ekologuz
Muborak Ramazon oyi yakunlanib, 13-may erta tongida O‘zbekistondagi 2021 ta jome masjidlarida Hayit namozi (Iydul fitr) o‘qildi. Suratda Toshkentdagi Hasti Imom masjidida umrida so‘nggi marta Ramazon Hayitida duo o‘qiyotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi – muftiy Usmonxon Alimov. Eslatib o‘tamiz, Usmonxon Alimov 2021-yil 15-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi. Foto: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi yong‘indan ham ko‘ra uni uzoqdan kuzatib, pista chaqib o‘tirgan erkak ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
2021-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan 6-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan yong‘indan ham ko‘ra uni uzoqdan kuzatib, pista chaqib o‘tirgan erkak ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foto: Telegram
Toshkentda reklama konstruksiyalarining noqonuniy buzilishini to‘xtatishni so‘rab tadbirkorlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan murojaat. Poytaxtda ushbu vaziyatni hal etishga chaqiruvchi bir nechta reklama bannerlari paydo bo‘ldi. 2021-yil 20-may. Foto: Telegram / “Sha vsyo budet”
Angrenda 24-may kuni, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekistonda 2021-yil davomida hozirgacha yuz bergan yo‘l-transport hodisalari orasida eng yirigi yuz berdi. O‘sh—Toshkent A-373 yo‘lining 184-kilometrida Namangan—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan MAN rusumli tirkamasi bor yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida kamida 8 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashgan, ulardan biri yonib ketgan. Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgani, yana kamida 14 kishi jarohatlangani aytilgandi. YTH yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Foto: “Daryo”
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirdi, “Belaz” samosvali rulida o‘tirib, mazkur avtomobil haydovchisi bilan suhbatlashdi. 2021-yil 29-iyul. Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida 1-iyun kuni ochilgan Magic City bog‘i odamlar bilan to‘ldi. Bog‘ atrofidagi yo‘llarda yuzaga kelgan tirbandliklar sabab ayrim ko‘chalarda avtomobil harakati cheklandi. 2021-yil 1-iyun Foto: Telegram
Afsonaviy “Xonobod” aviabazasida harbiy qism tashkil topganining 72 yilligi sharafiga 72 soni shaklida saf tortib turgan uchuvchilar. 2021-yil 19-iyun. Foto: Telegram / Altman News
Premier Hall kinoteatri binosini restavratsiya qilish vaqtida rassom Alfred Mazitovning ‘Kokilli qiz’ nomli ajoyib pannosiga duch kelindi. Bino egasi — Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduholiqov panno saqlab qolinishi va restavratsiya qilinishini ma’lum qilgan. 2021-yil 20-iyun. Foto: Telegram / @SaidaMirziyoyeva
Surxondaryoda 1 mln so‘m pora olmagan YPX inspektori televizor bilan mukofotlandi. 2021-yil 20-iyun. Foto: YHXBB matbuot xizmati
Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘li Qamchiq dovonining 260-kilometrida 1-iyul kuni soat 14:25 da Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqdi. 2021-yil 1-iyul. Foto: FVV
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida uchta tuyaqushning avtomobil yo‘lida yugurib yurgani aks etgan video tarqaldi. 2021-yil 1-iyul. Foto: Telegram
Bir qator mansabdor va jamoat faollari Xalqaro press-klubning jonli efirida koronavirusga qarshi vaksina oldi. 2021-yil 3-iyul. Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rad etdi. Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 26-iyun kuni “Men vaksina oldim” aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o‘zbekistonliklar haqida axborot berib bordi. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu vazirlargacha uchratish mumkin edi. 2021-yil 6-iyul." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Buxoroda institut rektori koronavirusga qarshi emlanayotganda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygani haqida xabar berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Rektor va tibbiyot xodimlari esa buni rad etdi. Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 26-iyun kuni “Men vaksina oldim” aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o‘zbekistonliklar haqida axborot berib bordi. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu vazirlargacha uchratish mumkin edi. 2021-yil 6-iyul. Foto: Troll.uz
Toshkent hayvonot bog‘idagi jonivorlar jaziramada qiynalib qolmasligi uchun shart-sharoitlar yaratildi. 2021-yil 6-iyul. Foto: Toshkent hayvonot bog‘i
Toshkentda aholini emlash uchun mobil avtobuslar yo‘lga qo‘yildi. 2021-yil 8-iyul. Foto: Olmazor tumani hokimligi =AZUhD5bgxjEdz_OEFtQ9V2ZHkyg8Z5fzsRXz54uTiwevRSJKnG796oeNOTOEiOQn2jKgnGtmO0xFoJM3XthexQW4VKui_goWWF8VB2rOkr8WdlyqdyqjO05lRb9t4Ko00Dg&__tn__=%2CO%2CP-R" target="_blank" rel="noopener noreferrer">yotgan ishchi. 2021-yil 9-iyul. Foto: Facebook / Marat Najibayev
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 13-iyul, seshanba kuni kuchli do‘l yog‘di. Voqea guvohlarining aytishicha, kattaligi toshdek keladigan do‘l kuchli yomg‘ir aralash yog‘gan. Tumanda avval bunday do‘l yog‘ishi kuzatilmagan. 2021-yil 13-iyul. Foto: Telegram / Kosonsoy halok bo‘lgan. Ularning 7 nafari ayollar, bir nafari o‘g‘il bola bo‘lib, eng kattasi 48, eng kichigi esa 6 yoshda bo‘lgan. 2021-yil 14-iyul." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida FVV, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari va ko‘ngillilar 13-iyul kuni sel oqizib ketgan 7 yashar Muhammadyusuf Rustamovni qidirmoqda. Kosonsoy tumaniga sel yopirilishi oqibatida jami 8 kishi halok bo‘lgan. Ularning 7 nafari ayollar, bir nafari o‘g‘il bola bo‘lib, eng kattasi 48, eng kichigi esa 6 yoshda bo‘lgan. 2021-yil 14-iyul. Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga qovunni otib uzatayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li. 2021-yil 14-iyul. Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
24-iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 5 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan sigir qutqarib olindi. 2021-yil 24-iyul. Foto: Sohib Vaitov
Jizzaxdagi Zomin tog‘larida 1-avgust kuni yong‘in chiqdi. Yong‘inni o‘chirish uchun FVV, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etildi. Foto: FVV matbuot xizmati
Buxoroda XVI asrda qurilgan “Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi o‘pirilib tushdi. Buxoro prokuraturasi devorining bir qismi o‘pirilib tushgan holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. 2021-yil 3-avgust. Foto: Telegram / Bukhara Info
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. 2021-yil 6-avgust. Foto: Prezident matbuot xizmati
Mozori-Sharif qulaganidan so‘ng Afg‘onistonning Hayraton shahrini O‘zbekistonning Termiz shahri bilan bog‘lovchi “Do‘stlik” ko‘prigidagi vaziyat. 80 dan ortiq afg‘onistonlik harbiy xizmatchilar O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tdi va chegarachilar tomonidan qo‘lga olindi. Bundan tashqari, 14-avgust kun davomida Termiz—Mozori-Sharif temiryo‘l uchastkasida xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish tashkil etildi. 2021-yil 14-avgust. Foto: Telegram / @tashkent_land
Afg‘onistonlik harbiy xizmatchilar (hukumat kuchlari vakillari) bo‘lgan ikkita harbiy vertolyot O‘zbekiston hududidagi dala maydoniga qo‘ngani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi. Vertolyotlarning birida 9 nafar, ikkinchisida esa 12 nafar odam bo‘lgan; videodagi suhbatlardan ularning aksariyati harbiy uchuvchilar ekanini anglash mumkin edi. “Nega bu yerga qo‘ndinglar?”, degan savolga afg‘on harbiy xizmatchilaridan biri shunday javob bergan: “Toliblar Kobulni olgach, biz qochdik, chora yo‘q edi, shuning uchun bu yerga kelishga majbur bo‘ldik” (eslatib o‘tamiz, “Tolibon” 15-avgust kuni Kobulni egalladi). 2021-yil 16-avgust. Foto: Telegram / Topnewsuz
Germaniya Qurolli Kuchlari (Bundesver)ning ikkita A400M samolyoti Kobuldan Toshkentga 400 dan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Belgilangan fuqarolarning evakuatsiya qilinishini ta’minlash uchun O‘zbekiston tomoni alohida terminal ajratdi. 2021-yil 18-avgust. Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi
Germaniya Qurolli Kuchlari (Bundesver)ning ikkita A400M samolyoti Kobuldan Toshkentga 400 dan ortiq odamni evakuatsiya qildi. 2021-yil 18-avgust. Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi
Muftiy Usmonxon Alimov bilan vidolashuv onlari. 2021-yil 16-avgust. Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy asrab oldi. Keyinroq, yil oxiriga kelib Milliy gvardiya O‘zbekistonda 1200 ga yaqin bolaning asrab olinishiga yordamlashdi. Buxoroda 17 yil ilgari ochilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilar qolmagani sabab faoliyati tugatilgani, Farg‘onadagi mehribonlik uylarida ham tarbiyalanuvchi qolmagani va muassasalar faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risida ham xabarlar berildi. Shu tarzda O‘zbekistonda aksariyat mehribonlik uylari o‘z faoliyatini tugatdi. " data-action="zoom" class="border lazyload" />
Farg‘ona tumanida yashovchi Valiyevlar oilasi 6 nafar yetim bolani asrab oldi. Keyinroq, yil oxiriga kelib Milliy gvardiya O‘zbekistonda 1200 ga yaqin bolaning asrab olinishiga yordamlashdi. Buxoroda 17 yil ilgari ochilgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilar qolmagani sabab faoliyati tugatilgani, Farg‘onadagi mehribonlik uylarida ham tarbiyalanuvchi qolmagani va muassasalar faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risida ham xabarlar berildi. Shu tarzda O‘zbekistonda aksariyat mehribonlik uylari o‘z faoliyatini tugatdi. Foto: Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasi
Frankfurt aeroportida Toshkent orqali afg‘onistonlik qochqinlarni olib kelgan oxirgi samolyotdan tushgan ayol nemis politsiyachisi ortidan ketmoqda. 2021-yil 20-avgust. Foto: Reuters
Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. 2021-yil 1-sentabr. Foto: Prezident matbuot xizmati
2-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:30 da Niagara sharsharasi O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritildi. 2021-yil 2-sentabr. Foto: Telegram / “Nigoh”
Farg‘onalik erkak Haj ziyorati uchun yig‘gan puliga mahallada yangi svetofor o‘rnatib beradigan bo‘ldi. 2021-yil 4-sentabr. Foto: Bag‘dod tumani hokimligi
Toshkentning Chilonzor tumanida @inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon 4-sentabr kuni UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga atab strit-art chizgan edi. Ijodkor o‘zining Telegram kanali orqali ushbu strit-artning katta qismi o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi. 5-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda mazkur strit-artni o‘chirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Keyinroq “Daryo” muxbiri voqea joyiga borib, strit-artni o‘chirish harakati muvaffaqiyatsiz tugaganini ma’lum qilgandi. Keyinroq @inkuzart Telegram’dagi kanalida strit-artning katta qismi oq bo‘yoq yordamida o‘chirib tashlangani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi. Foto: Telegram / @inkuzart
O‘zbekiston Prezidentining katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 12-sentabr, yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyevning nabirasi bilan tushgan suratini e’lon qildi. 2021-yil 12-sentabr. Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston Prezidenti va bo‘lg‘usi saylovda mazkur lavozimga nomzod Shavkat Mirziyoyev 27-sentabr kuni Namanganda saylovchilar bilan uchrashuvda budjet mablag‘lari adolat bilan taqsimlanishi haqida fikr bildirdi, xalqning puli samarasiz sarflanayotgani, hali o‘g‘riliklar va korrupsiya ko‘pligini ta’kidladi. Davlat rahbari poytaxt mahallalarini asfaltlashtirishni misol qilib keltirdi. «Yo‘llarga katta qilib yarim metrli bordyur qilyapti. Baraka topgur, mashinalar poyga o‘ynaydimi, buncha katta qilib, bordyur qilib nima qilasan?» — dedi Prezident. Toshkentliklar bir necha oylardan buyon shu kabi bordyurlardan shikoyat qilib kelayotgan edi. 2021-yil 27-sentabr. Foto: “Gazeta.uz”
8-oktabr kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi uylarning birida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘lgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirgan. “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, portlash xususiy tadbirkorlik tarmog‘iga tegishli bo‘lgan gaz quvuridan gaz sizib chiqish oqibatida sodir bo‘lgan. Foto: Zarnews
“Rossiya 24” telekanali 9-oktabr kuni “O‘zbekiston. Eng yangi tarix” nomli hujjatli filmni taqdim etdi. Unda asosan O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘z boradi. Filmda Prezident Shavkat Mirziyoyevning turli tadbirlaridagi chiqishlari, viloyatlarga safarlari, korxona va tashkilotlardagi uchrashuvlari, joylardagi faollar bilan muloqotlaridan lavhalar ham berilgan. Lavhalarning birida, jumladan, davlat rahbari Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Angor Surxon g‘ururi” klasteriga tashrifi davomida mulozimlardan biriga telefon orqali topshiriq berayotgani aks etgan. Prezident bu klasterda 2021-yilning 1-iyun kuni bo‘lgan edi. 2021-yil 9-oktabr. Kadr: “Rossiya 24”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov 24-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan suratini e’lon qildi. 2021-yilning may oyida Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Otabek Umarovning 2021-yil fevral oyida yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan keyingi ilk suratini e’lon qilgandi. Foto: Telegram / @otabek_muhammadalievich
O‘zbekiston Prezidenti, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. 2021-yil 24-oktabr. Foto: Prezident matbuot xizmati
“Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tadbir o‘tkazdi. Monitorlarda Markaziy saylov komissiyasining saylovning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani onlayn tarzda namoyish etildi. Shavkat Mirziyoyev saylovda qatnashganlar umumiy sonining 80,1 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongani e’lon qilindi. Tadbirda Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan yuksak ishonch uchun xalqimizga minnatdorlik bildirdi. 2021-yil 25-oktabr. Foto: Prezident matbuot xizmati
Oktabr o‘rtalarida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi yakunlangani, yaqin kunlarda sinov uchishlari amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 1-noyabr kuni sinov parvozi Humo Air aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan. 2021-yil 11-noyabr. Foto: “Daryo” / Anvar Jo‘rayev
Samarqandda “snos”ga tushgan hududda Qur’on oyatlari tushirilgan qadimiy qabrtoshlar topildi. 2021-yil 3-noyabr. Foto: Madaniy meros agentligi matbuot xizmati
Sirdaryoda 4-noyabr kuni boshlangan chang bo‘roni kechga borib Toshkentga ham yetib keldi. Chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklandi. Avtomobillar harakati sekinlashdi. Keyinroq “O‘zgidromet”ning buning oqibatida havodagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobarga oshganini bildirdi. Nafas olishda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilishni boshladi, 5-noyabr kuni esa Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida nimalar qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Telegram’dagi “Davletovuz” kanali 17-noyabr kuni Toshkentda yog‘gan qor va bundan bir yil oldin yog‘gan qorning o‘zaro taqqoslangani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi. Foto: Telegram / “Davletovuz”
Toshkent shahrida 1-iyun kuni ochilgan Magic City bog‘i chang-g‘ubor og‘ushida. 2021-yil 5-noyabr. Foto: “Gazeta.uz”
Toshkentda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib tashlandi. 2021-yil 19-noyabr. Foto: Telegram / Inkuzart
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida, daryoga yondosh hududdagi to‘qayzorda kelib chiqqan yong‘in 3 kun davomida o‘chirildi. 2021-yil 30-noyabr. Foto: Kun.uz kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
Surxondaryoning Denov shahri markazidagi “Indenim” savdo majmuasida 7-dekabr tongida kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi. Foto: “Daryo” chaqirib oldi. Jami 6 mingga yaqin mashinalarning orqa oynalari isitish tizimi yonganida parchalanib ketish holatlari aniqlangani ijtimoiy tarmoqlarda yozildi. Undan oldin fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilish to‘xtatildi, barcha turdagi avtomobillar yetkazib berish 2 oyga kechiktirilishi ma’lum qilindi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
UzAutoMotors 5-17-dekabrda ishlab chiqarilgan mashinalarni chaqirib oldi. Jami 6 mingga yaqin mashinalarning orqa oynalari isitish tizimi yonganida parchalanib ketish holatlari aniqlangani ijtimoiy tarmoqlarda yozildi. Undan oldin fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilish to‘xtatildi, barcha turdagi avtomobillar yetkazib berish 2 oyga kechiktirilishi ma’lum qilindi. Foto: Telegram
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-kurs talabasi Samandar Mirzayev vazirning do‘ppida kirib kelishini kutganini bildirdi. Shundan so‘ng madaniyat vaziri cho‘ntagidan do‘ppini olib, boshiga kiydi va va moderator Jamshid Umurzoqov talabaga “Endi savolingizni ham do‘ppida berasiz”, deya hazil qildi. 2021-yil 20-dekabr. Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Nasafnews nashri Qarshi shahri “Shodlik” mahallasida joylashgan 2-sonli yotoqxona xarob ahvolda ekani, viloyat va shahar hokimligi holatga e’tibor qaratmayotgani haqida xabar berdi. 2021-yil 9-dekabr. Foto: Nasafnews
Toshkent viloyatida “Diplomatlar bog‘i” tashkil etildi. Abdulaziz Komilov va elchilar daraxt ekdi. 2021-yil 10-dekabr. Foto: TIV matbuot xizmati
Samarqanddagi oshxonada gaz balloni portlab, oqibatda 10 kishi jarohatlangani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi. “Daryo” muxbiri voqea joyida bo‘lib, oshxonaning ayni paytdagi holati haqida fotoreportaj tayyorladi. 2021-yil 12-dekabr. Foto: “Daryo” e’lon qilgan. Biroq yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘mlik kupyura dizaynida xatolik ketgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilgan, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb yozilgan. Markaziy bank esa holatga munosabat bildirib, haqiqatan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligini tan oldi. 27-dekabr kuni esa xatosi to‘g‘rilangan yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarildi." data-action="zoom" class="border lazyload" />
O‘zbekistonda yangi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarilishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 16-dekabr kuni Markaziy bank yangi ko‘rinishdagi nominal qiymati 50 ming so‘m va 100 ming so‘m bo‘lgan banknotalar dizaynini e’lon qilgan. Biroq yangi ko‘rinishdagi 50 ming so‘mlik kupyura dizaynida xatolik ketgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni banknot namunasining old tomonida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi tasviri tushirilgan, ammo maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb yozilgan. Markaziy bank esa holatga munosabat bildirib, haqiqatan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligini tan oldi. 27-dekabr kuni esa xatosi to‘g‘rilangan yangi ko‘rinishdagi 50 ming va 100 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarildi. Foto: Markaziy bank
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev 26-dekabr kuni qorbobo obrazida aholi bilan uchrashdi. Foto: Telegram / @Sirdaryo
Polsha poytaxti Varshavada shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida 28-dekabr, seshanba kuni rapid yo‘nalishida g‘oliblar aniqlandi. O‘zbekistonlik 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixida rapid yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida tarixga kirdi. Saida Mirziyoyeva Magnus Karlsenni yutgan o‘zbekistonlik yosh shaxmatchi bilan faxrlanishini aytdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi sammitdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib borgan. Prezident Nodirbek Abdusattorovga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘llagan hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirgan. Keyinroq Nodirbek Abdusattorov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi hamda Prezident ko‘rsatmasi bilan unga Toshkent shahrida 2 xonali xonadon sovg‘a qilinadigan bo‘ldi. 2021-yil 28-dekabr.
Izoh (0)