Daryo

Toshkentda uch nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlagan ayol onasining uyida yashab kelgan

Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish44 359 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Sergeli tumanida ayol uch nafar farzandi bilan 9-qavatdan tashlab, halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Olib borilgan tekshirish harakatlari natijasiga ko‘ra, ayol Zangiota tumanida turmush o‘rtog‘i bilan istiqomat qilgan xonadonda 2022-yil oktabrida yong‘in sodir bo‘lgani sababli onasining Sergeli 8-mavzesidagi uyiga kelib, ular bilan birga istiqomat qilib kelgan hamda ushbu holatlar uning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Uning turmush o‘rtog‘i hozirda Saudiya Arabistonida umra ziyoratida ekani aniqlangan.

3-aprel kuni soat 19:20 larda ayol (1996-yilda tug‘ilgan) ikki nafar o‘g‘li va bir nafar qizini qasddan o‘ldirish maqsadida, 9-qavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ngra o‘zi ham oynadan sakrab o‘z joniga qasd qilgan. Oqibatda barchasi hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish) va 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov guruhi tomonidan ushbu fojianing barcha ehtimoliy sabablarini sinchikovlik bilan tekshirish maqsadida qator tergov taxminlari ishlab chiqilgan. Xususan, oilaviy kelishmovchilik, marhumada kuzatilgan ruhiy o‘zgarishlarga olib kelgan sabablar, o‘z-o‘zini o‘ldirish darajasiga keltirish va boshqa taxminlarning barchasi dastlabki tergov jarayonida batafsil tekshiriladi.            

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar