Bugun uzoq yillar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar hamda kompaniyada samarali ishlab kelayotgan ustoz-jurnalistlar sharaflandi.
Mazkur tadbirda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirok etdi.

"Tadbirda qatnashib, fidokorona mehnati, professional mahorati va serqirra ijodi bilan yurtimizda televideniye va radio sohasining rivojiga xizmat qilgan qadrli ustozlarimiz va faxriylarimizga, nafaqat teleekranlarda, balki kadr ortida xizmat qiladigan hamkasblarimizga ham prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim.

Televideniye va radio darg‘alarini ardoqlash, hayot yo‘llarini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish, ustoz-shogird an’analarini, avlodlar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlashda bunday uchrashuvlarning ahamiyati beqiyos.

Ushbu ezgu tashabbus uchun Abdurashid Jo‘raboyev boshchiligidagi Milliy teleradiokompaniyaning katta jamoasiga minnatdorlik bildiraman", deb yozdi Sherzod Asadov Telegramdagi kanalida.

Izoh (0)