Fransiya kosmetik kompaniyasi LʼOreal AQSHdagi akneni davolashga mo‘ljallangan kremining barcha partiyalarini, unda saraton kasalligini keltirib chiqaradigan benzol topilganligi sababli qaytarib oldi.

Qayd etilishicha, krem LʼOrealga tegishli La Roche-Posay brendi ostida sotiladi. Kosmetik vositaning tarkibiga bakteriyalarni o‘ldiradigan benzoilperoksid kiradi. Ushbu birikma parchalanib, leykemiyani qo‘zg‘atishga qodir bo‘lgan benzolni hosil qilishi mumkin.

LʼOreal o‘z bayonotida mahsulotni qaytarib olish to‘g‘risidagi qaror AQSH Oziq-ovqat va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) bilan muvofiqlashtirilganini aytdi.
Izoh (0)