• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    ATTO tizimining 5 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda jamoat transportini raqamlashtirishdagi yutuqlar taqdim etildi

    InterContinental Tashkent mehmonxonasida “Jamoat transportini raqamlashtirish va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida muhim anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sohaga oid yangi texnologiyalar, aqlli boshqaruv tizimlari va elektron to‘lov infratuzilmalari haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, ATTO transport to‘lov tizimining 5 yillik faoliyatiga oid natijalar eʼtibor markazida bo‘ldi.

    “Raqamlashtirish, o‘z navbatida, transportning transformatsiyasi uchun yana bir muhim tayanchdir. Ilg‘or texnologik yechimlarni joriy etish xizmatlarga kirishni osonlashtiradigan va foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydigan integratsiyalashgan transport tizimini yaratish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari, mobil ilovalar va harakatni boshqarish uchun intellektual platformalar — bularning barchasi jarayon ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, dedi O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afforov.

    Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov quyidagicha taʼkidladi:

    “Yo‘lovchilarni bevosita haydovchilar yoki chiptachilar bilan pul oldi-berdisi munosabatlari ishtirokida ko‘pincha mojaroli vaziyatlar yuzaga kelardi. Avtobuslarda “kunlik reja” degan tushunchaning mavjudligi haydovchilarni asosiy yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan metro bekatlarida to‘xtab turishga majbur qilardi. Bu holat esa avtobus salonida bo‘lgan yo‘lovchilarning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan edi. Aynan elektron to‘lov tizimiga to‘liq o‘tilgani natijasida bugungi kunda ushbu muammolar to‘liq bartaraf etildi”.

    So‘nggi yillarda ATTO shahar jamoat transportida naqdsiz to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishda katta rol o‘ynadi. Bugungi kunda tizim O‘zbekistonning ko‘plab yirik shaharlarini qamrab olgan. U naqd pul aylanishida tushadigan yukni kamaytirib, yo‘lovchilarning yo‘lini osonlashtirdi va transport operatorlari uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

    ATTO platformasi shahar mobilligini raqamli transformatsiya qilish sohasida innovatsion loyiha sifatida ishga tushirilgan. Besh yil mobaynida u to‘liq ekotizimga aylandi va bank kartalari, QR-to‘lovlar, davlat va xususiy tashuvchilar bilan uzviy bog‘landi. Raqamli tizim jamoat transportidagi ko‘plab muammolarga amaliy yechim bo‘ldi.

    “Bugungi kunda shahar jamoat transportidan tushayotgan kunlik tushumlarning 100 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy byudjetga yo‘naltirilishi taʼminlandi,” — dedi Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, elektron to‘lov tizimiga o‘tgan yo‘lovchilar soni 90 foizga oshgan. Endilikda har bir yo‘nalishdagi avtobusda qancha tranzaksiya amalga oshirilayotgani va aynan shu yo‘nalishlarda nechta avtobus harakatlanayotgani haqida to‘liq maʼlumot mavjud. Bu maʼlumotlar transport mutaxassislari uchun juda muhim. Chunki yo‘lovchi oqimidan kelib chiqib, avtobuslar sonini ko‘paytirish, harakatlar oralig‘ini qisqartirish yoki kerak bo‘lsa, ularni sig‘imi kattaroq transport vositalariga almashtirish mumkin bo‘lmoqda. Bu orqali yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlashga erishilmoqda.

    ATTO bugungi kunga kelib 13 ta hududda joriy etilgan. Oyiga 60 milliondan ortiq tranzaksiya aynan shu tizim orqali amalga oshirilmoqda. ATTO tizimida 1,3 million mobil ilova foydalanuvchisi va 2 million chiqarilgan karta mavjud. Jamoat transportini raqamlashtirish nafaqat qulaylik, balki aholiga rag‘bat ham berishni ko‘zlayapti. Shu sababli ATTO tizimi va tijorat banklari hamkorligida turli aksiyalar o‘tkazilmoqda.

    2024-yildan buyon “Ipak Yo‘li” to‘lov tizimi jamoat transportida taqdim etilgan chegirmalar orqali 13 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga yordam bergan.

    Yaqinda Uzum ham 2025-yil uchun o‘z sarhisobini taqdim etdi — u yerda 12 milliard so‘mdan oshiq pul ko‘rsatilgan. Hozirda esa Uzcard butun O‘zbekiston bo‘ylab “Manzillar yaqinroq” aksiyasini o‘tkazmoqda. Bu haqda ATTO ijrochi direktori Davron Shoyakubov maʼlum qildi.

    17 aprel, 15:00   Izoh (0)   1055
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquq beriladi

    17 aprel, 14:50

    O‘zbekistonda oliy ta’limga qamrov 40,9 foizga oshdi

    17 aprel, 14:30

    Turkiyada begona ayolni suratga olgan o‘zbekistonlik deportatsiya qilinadigan bo‘ldi

    17 aprel, 12:49

    O‘zbekistonda 18-aprel kuni harorat nisbatan pasayadi

    17 aprel, 12:28

    Rossiyadagi ijara kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlik jasadi topildi

    17 aprel, 11:16

    O‘zbekistonda qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar to‘g‘ridan to‘g‘ri sotilishiga ruxsat beriladi

    17 aprel, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.