Daryo

Tramp bojlari sababli General Motors aksiyalari tushib ketdi — OAV 

AQSH prezidenti Meksika va Kanada tovarlariga 25 foizlik tariflarni tasdiqladi. Bu avtomobil bozoriga ham ta’sir ko‘rsatdi

2 daqiqa o‘qish6 418 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH rahbari Donald Tramp Meksika va Kanada tovarlariga 25 foizlik tariflarni tasdiqladi. Bu narx-navoning keskin oshishishiga va avtomobil bozorida salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Foto: Salon.com

Xususan, tariflar Kanada va Meksikada zavodlari bo‘lgan AQSH kompaniyalari, masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchilarini xavotirga solmoqda. Tramp esa buni quyidagicha izohlamoqda:

Ular o‘z zavodlarini AQSHda qurish orqali qo‘shimcha bojlardan ozod bo‘lishi mumkin. Agar bu ikki davlat tomonidan oqib kelayotgan fentanil (narkotik modda) cheklansa ham, tariflarni bekor qilishga hech qanday asos yo‘q.

Trampning ushbu nutqi Shimoliy Amerikada savdo urushi xavfini kuchaytirdi va moliyaviy bozorni yanada chigallashtirdi.

Kanada ham zudlik bilan bu tariflarga javobini e’lon qildi va AQSH importiga 30 milliard Kanada dollariga (16,3 milliard funt sterling) teng 25 foizlik bojlar joriy qildi. Bundan tashqari, agar AQSH Kanadaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmasa, bojlar 21 kun ichida yanada oshiriladi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, AQSHda iste’molchilar bir necha kun ichida narxlarning oshishishiga guvoh bo‘lishi mumkin. Nyu Yorkdagi Kornel universitetining davlat siyosati professori Gustavo Flores-Masiasning aytishicha, bu “ayniqsa, avtomobil sektoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”.

Ko‘pgina avtomobil kompaniyalari, shu jumladan, Meksikada katta yuk mashinalarini ishlab chiqaradigan General Motors, Automaker va Ford aksiyalari narxi ham tushib ketdi. 

Bundan tashqari, Tramp Xitoy importiga bojlarni ikki baravar — 10 foizdan 20 foizgacha oshirgani haqida ham bayonot berdi. Xitoy hukumati esa AQSHning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga tariflar solishini bildirdi. AQSH fentanil oqimi bo‘yicha Pekinni “aybini yashirishga” urinayotganlikda aybladi.

Bu AQSH iqtisodiyotiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki bugungi kunda Xitoy davlat qishloq xo‘jaligi eksporti uchun eng katta bozor bo‘lib qolmoqda. Tramp kelasi haftada yana boshqa tariflar kiritishni rejalashtirgan. Xususan, hozirda Yevropa ittifoqi davlatlari tovarlariga qo‘shimcha 25 foiz tarif joriy qilish rejasi ko‘rib chiqilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar