Kanada hukumati savdo eskalatsiyasi sharoitida biznesni qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida qator Amerika tovarlarini olti oy davomida bojdan ozod qilishini e’lon qildi.

“Hukumat Kanada oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish, qayta ishlash va qadoqlashda, shuningdek, sog‘liqni saqlash, jamoat va milliy xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladigan AQSHdan import qilinadigan tovarlarga vaqtinchalik olti oylik imtiyoz beradi”, deyiladi bayonotda.
Kanadada avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham qisman bojdan ozod qilinadi. Ularga yiliga ma’lum miqdordagi Amerika avtomobillarini boj to‘lamasdan import qilishga ruxsat beriladi.
AQSH avvalroq Meksika va Kanadadan tovarlar importiga 25 foizlik bojlar joriy qilgandi. Vashington bu choralarni noqonuniy migratsiya va fentanil yetkazib berishga qarshi kurash bilan izohladi. Kanada javob bojlarini e’lon qildi.
Izoh (0)