• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Urushni biz boshlamadik, uni to‘xtatishga urinyapmiz”: Putin amerikalik jurnalistga intervyu berdi

    Amerikalik jurnalist Taker Karlson Rossiya prezidenti Vladimir Putindan intervyu oldi. Asosiy suhbat “maxsus harbiy operatsiya” nima uchun boshlangani, qanday ketayotgani va qanday yakunlanishi mumkinligi haqida kechdi. “Daryo” intervyuning matn shaklini qisqartirilgan holatda e’tiboringizga havola etadi.

    “Kichik tarixiy eslatma”

    Putin intervyuni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar, Ukraina qanday paydo bo‘lgani tarixi bilan boshladi.

    “Rossiya davlati markazlashgan davlat sifatida jamlana boshladi va 862-yil Rossiya davlati tashkil topgan yil hisoblanadi, o‘shanda mamlakat shimoli-g‘arbiy qismida Novgorod aholisi Skandinaviyadan varyajsk knyazi Ryurikni hukmronlik qilishga taklif qilgan. 1862-yilda Rossiya o‘z davlatchiligining 1000 yilligini nishonladi, Novgorodda esa mamlakatning 1000 yilligiga bag‘ishlangan yodgorlik bor”, — dedi Putin.

    Karlson bilan suhbatda Putin Polshaning “qattiq jazolash usullari”ni qo‘llagan holda, tili va madaniyatini singdirish orqali zamonaviy Ukraina hududlarini “mustamlaka qilishga tarixiy urinishlari”ni esladi.

    “Keyin bu hududlarda hokimiyatni nazorat qilgan odamlar Varshavaga murojaat qilib, rus millatiga mansub pravoslav hukmdorlarini yuborishni talab qilishdi”, — deya Putin bu Moskva o‘sha odamlar ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishi uchun qilinganligini aytdi.

    Keyin Putin amerikalik jurnalistga Bogdan Xmelnitskiyning Varshavadan ushbu hudud aholisi huquqlarini hurmat qilishni talab qilgan maktublarini, shuningdek, Moskvaga bu yerlarni himoyasiga olishni so‘rab yuborgan xatlarini ko‘rsatdi.

    “Ukrainlashtirish”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari orasida davom etdi. 

    “Ulug‘ vatan urushidagi g‘alabadan so‘ng, zamonaviy Ukrainaning butun hududi SSSR nazoratiga o‘tdi, ammo Lenin davrida har bir respublika mustaqillik huquqiga ega bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi va yangi tashkil etilgan Ukraina SSRga tarixiy jihatdan unga hech qanday aloqasi bo‘lmagan katta hududlar berildi”, — deydi Putin.

    NATO bilan hamkorlik

    1991-yilda Rossiya rahbariyati tashabbusi bilan boshlangan Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, Rossiya NATO va kollektiv G‘arb bilan o'zaro hamkorlik va ittifoqchilikni kutgan edi, dedi Putin.

    “Rossiya “sivilizatsiyalashgan xalqlar”ning birodar oilasiga qabul qilinishi kutilgan edi, lekin bunday bo‘lmadi”, — dedi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada SSSR parchalanishidan oldin ham Germaniyaning birlashishiga yordam beradigan yangi xavfsizlik tizimini yaratish va AQSH, Kanada, Rossiya va boshqa Yevropa davlatlarini qamrab oladigan tizimni shakllantirish kerak edi. Ammo NATOning tarqalishi “hamma narsa Sovuq urushdagi kabi, faqat Rossiya chegaralariga yaqinroq bo‘lishiga olib keldi”.

    Putinning taʼkidlashicha, alyans sharqqa tomon kengaymasligi bir necha bor taʼkidlangan va buning natijasida “beshta kengayish to‘lqini” yuzaga kelgan.

    Rossiya prezidenti 2000-yilda davlat rahbari etib saylanganidan so‘ng Putin G‘arb davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilashga uringanini va AQSHning sobiq prezidenti Bill Klinton bilan suhbatda Rossiyaning NATOga qo‘shilishi masalasini ko‘targanini aytdi. AQSHning sobiq rahbari buning imkoni borligini aytgan, biroq keyinchalik fikridan qaytgan.

    Putinning ta’kidlashicha, u “yo‘q”, degan javob olgan, garchi ijobiy javob yaqinlashuvga olib kelishi mumkin edi.

    “Oxir-oqibat, agar sheriklarning buni amalga oshirishga bo‘lgan samimiy istagini ko‘rsak, bu sodir bo‘lishi mumkin edi. Lekin bunday yakun bo‘lmadi”, — dedi u.

    2008-yilda Ukrainada bo‘lib o‘tgan saylovlarda mamlakat betaraf davlat bo‘lib qolishi aytilgan edi.  Rossiya prezidenti kengayish bo’lmaydi, degan va’dalarga qaramay, 2008-yilda “NATO uchun eshiklar” Ukraina va Gruziya uchun ochiq bo‘lganini aytdi. 

    “Mana bu qiziqarli film! Biz kelisha olmadik”, — dedi u.

    Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni bu holatda Ukraina bilan chegaralarni yopish imkoniyatini eʼlon qilganidan so‘ng, mamlakatda “muxolifatning buzg‘unchi harakatlari” boshlangan va bu oxir-oqibat “davlat to‘ntarishiga” olib kelgan.

    Ukrainadagi mojaroning boshlanishi

    Putinning ta’kidlashicha, dastlab konfliktni qo‘zg‘atgan davlat to‘ntarishi bo‘lgan. Unga ko‘ra, o‘shanda Yevropa Ittifoqining uch mamlakati vakillari o‘sha paytdagi prezident Viktor Yanukovich va muxolifat o‘rtasidagi kelishuvning kafillari sifatida qatnashgan. Ammo muxolifat davlat to‘ntarishini amalga oshirgan va bu davlatlar “vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishning kafili ekanini unutgan”. 

    Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi befoyda edi, chunki Yanukovich “uning g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘q bo‘lgan” barcha shartlar va saylovlarga rozi bo‘lgan.

    “Lekin nega davlat to‘ntarishi, nima uchun qurbonliklar, Qrimga tahdid, Donbassdagi operatsiya kerak edi? Men buni tushunmayman”,—  dedi u.

    Prezident Markaziy razvedka boshqarmasi o‘z ishini shu tarzda bajarganini va davlat kotibi o‘rinbosarlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya 5 milliard dollarga tushganini aytdi. Rossiya prezidentining fikricha, hamma narsani “qonuniy, harbiy harakatlarsiz, Qrimni yo‘qotmasdan” amalga oshirish mumkin edi. 

    Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin davlat chegarasi sobiq respublikalar chegaralari bo‘ylab o‘tishiga rozi bo‘lgan. 

    “Ammo biz NATOning kengayishiga, Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga hech qachon rozi bo‘lmaganmiz, NATOning Ukrainadagi bazalariga ham qarshimiz”, — dedi u.

    Putinga ko‘ra, Keyingi voqealarga sabab Ukraina rahbariyatining Donbassda tinch yo‘l bilan tartibga solish usuli sifatida Yevropa Ittifoqi ishtirokida kelishilgan Minsk kelishuvlaridan voz kechishi bo‘lgan. Ammo ular bunga amal qilmoqchi emas edilar, “bizni shunchaki burnimizdan tortib sudrashdi”, deydi u.

    Putin Rossiya urushni to‘xtatishga va Minsk kelishuvini amalga oshirishga chaqirganini aytdi. U Donbass aholisini Ukraina tarkibiga qaytishga ishontirish mumkinligiga “mutlaqo ishongan”.

    “Ular urushni 2014-yilda boshladilar. Bizning vazifamiz bu urushni to‘xtatishdir. 2022-yildagi urushni biz boshlaganimiz yo‘q, biz uni to‘xtatishga urinyapmiz”, — dedi Rossiya rahbari.

    Tinchlikka erishish mumkinmi?

    Rossiya prezidentiga ko‘ra, “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlariga hali erishilgani yo‘q, ular orasida Rossiya tashabbusi bilan emas, Istanbuldagi muzokaralarda muhokama qilingan “denatsifikatsiya” ham bor. O‘shanda Germaniya va Fransiya hukumati Rossiyani o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirgan, chunki Ukraina “qurol ostida” tinchlik shartnomasini imzolay olmas edi.

    “Yaxshi, biz qo‘shinlarimizni Kiyevdan olib chiqib ketdik, ammo qo‘shinlarimizni Kiyevdan olib chiqishimiz bilanoq ukrainalik muzokarachilar Istanbulda erishilgan barcha kelishuvlarni bekor qildi va AQSH hamda Yevropaning sunʼiy yo‘ldoshlari ko‘magida uzoq muddatli harbiy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Vaziyat shunday rivojlandi va hozir ham shunday”, — dedi Putin.

    Putin rahbari tinchlik muzokaralarida yuqori darajadagi kelishuvga erishilganini, biroq hozirda Ukrainada Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan kiritilgan qonunchilik taqiqi mavjudligini ta’kidladi. 

    “Agar u buni taqiqlagan bo‘lsa, biz qanday muzokara qilamiz?”, — deya murojaat qildi u.

    Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni Zelenskiy “ba’zi g‘oyalarni ilgari surayotganini” biladi, biroq kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib borish kerak.

    “Shimoliy oqim” gaz quvurlarini kim portlatdi?

    Karlsonning “Shimoliy oqim”ni kim portlatgani haqidagi savoliga Putin “siz, albatta”, deb javob berdi. Amerikalik jurnalist o‘sha kuni band bo‘lganini aytib hazillashdi; prezident tabassum bilan: “Sizning alibingiz bo‘lishi mumkin, ammo Markaziy razvedka boshqarmasida yo‘q”, — dedi.

    Putinning qayd etishicha, bu holatda kim bundan manfaatdor va kimning Boltiq dengizi tubida portlashni tashkil qilish uchun texnik imkoniyatlari borligini ko‘rib chiqish kerak. Karlson portlashni “sanoat terrorizmining eng yirik akti” va eng katta CO2 chiqishi deb atadi. U Rossiya propaganda urushida g‘alaba qozonishi uchun AQSH va NATO buni qilganiga dalil so‘radi.

    Rossiya prezidentiga ko‘ra, AQSHni targ‘ibot urushida mag‘lub etish juda qiyin, chunki u dunyoning ko‘plab ommaviy axborot vositalarini nazorat qiladi va davlatlar ham Yevropa OAVlarining manfaatdorlari hisoblanadi. Moskva o‘zining axborot manbalarini ko‘rsatishi mumkin, ammo axborot urushi nuqtai nazaridan, Rossiya rahbarining fikricha, hech qanday natija bo‘lmaydi.

    “Butun dunyo nima bo‘lganini tushunadi, hatto amerikalik tahlilchilar ham bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirishadi”, — dedi u.

    Karlson gaz quvurlari NATOdagi hamkorlari tomonidan portlatilganini bilgan va iqtisodiyotiga katta zarar yetgan Germaniya nega bunga indamayotganini so‘radi. Prezidentning fikricha, bu ham uni hayratda qoldiradi.

    “Ammo bugungi Germaniya rahbariyati milliy manfaatlardan ko‘ra, jamoaviy G‘arb manfaatlaridan kelib chiqadi”, — dedi u. 

    “Shimoliy oqim”dagi portlashdan so‘ng Germaniya suyultirilgan gazni o‘ta yuqori narxlarda sotib oladi, bu esa mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini nolga tushiradi. Putin bu qarorlar mantig‘ini tushuntirib bera olmasligini qayd etdi.

    Iqtisodiy o‘zgarishlar

    Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 200 milliard dollarga yetkazish maqsadini qo‘ygan va bu ko‘rsatkichdan oshib ketgan.

    Shuningdek, u BRIСS jadal rivojlanayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1992-yilda G7 davlatlarining jahon iqtisodiyotidagi ulushi 47 foizga, BRIСSga aʼzo davlatlar ulushi 16 foizga yetgan. Hozir G7 ulushi 30 foizdan kam, BRICS esa bu ko‘rsatkichdan oshib ketgan.

    “Bu Ukraina bilan emas, global iqtisodiyotdagi tendensiyalar bilan bog‘liq”, — dedi Putin. 

    Uning fikricha, AQSHning siyosiy “isteblishmenti” dunyo o‘zgarayotganini tushunmaydi va o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror qabul qilishi zarur edi.

    “Ammo bunday qattiq choralar, jumladan, Rossiya va boshqa davlatlarga nisbatan ham samarasiz hisoblanadi. Bu ochiq-oydin fakt”, — deya Putin sanksiyalarga izoh berdi.

    Rossiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Amerika jamiyati har qanday holatda ham hukmronlik qilish kerak degan fikrni saqlab qoladi va bu fikr elitada ham mavjud. Ammo dunyo o‘zgarmoqda va unga moslashish kerak.

    Zelenskiy haqida

    Jurnalist Putindan Ukraina prezidenti Rossiya bilan tinchlik muzokaralari olib borishda erkinligi bor-yo‘qligini so‘radi. 

    Rossiya rahbari bunga javoban, Zelenskiydan Donbassda tinchlikka erisha olishi kutilgani, shu yo‘l bilan u konfliktni tinch yo‘l bilan hal qilishga va’da bergani uchun hokimiyat tepasiga kelganini aytdi.

    “Ammo keyin hokimiyatga kelganida, mening fikrimcha, u ikki narsani anglab yetdi. Birinchidan, neonatsistlar va millatchilar bilan bahslashmaslik yaxshiroqdir, chunki ular agressiv va juda faol, siz ulardan hamma narsani kutishingiz mumkin. Ikkinchidan, AQSH boshchiligidagi G‘arb ularni qo‘llab-quvvatlaydi va Rossiyaga qarshi bo‘lganlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi. Bu xavfsiz va foydali”, — dedi Putin

    Uning fikricha, bunday pozitsiyani egallab, Zelenskiy “saylovchilarni aldagan”.

    Putin Zelenskiy Rossiya bilan muzokara olib borishiga ishonadi, uni AQSH, Yevropa va deyarli butun dunyo tan oladi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Istanbulda kelishuv imzolashga tayyor edi, biroq muzokaralarni Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson to‘xtatib, o‘z maqsadiga jang maydonida erishish yaxshiroq ekanini aytgan.

    Jonson nima uchun bunday qildi, degan savolga Putin buni bilmasligini, biroq G‘arbda o‘shanda Rossiyani jang maydonida mag‘lub etish mumkin degan xayol paydo bo‘lganini aytdi. Suhbat davomida Putin, shuningdek, Zelenskiyni muzokaralarni taqiqlovchi qonunni bekor qilishga chaqirdi va Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmaganini eslatdi.

    Rossiya Yevropa davlatlariga ham hujum qiladimi?

    Putin jurnalistning tegishli savoliga Rossiyaning Polsha, Latviya yoki qit’aning boshqa davlatlariga hududiy da’volari yo‘q, deya javob qaytardi. U Polshaga qo‘shin yuborish ehtimolini esa quyidagicha baholadi:

    “Faqat bitta holatda: agar Polshadan Rossiyaga hujum bo‘lsa. Nega? Chunki bizning Polshada ham, Latviyada ham — hech qayerda manfaatimiz yo‘q. Nega bizga bu kerak? Shunchaki manfaatlarimiz yo‘q. Faqat tahdidlar. Qandaydir global urushga kirishish sog'lom fikrga ziddir. Global urush esa butun insoniyatni halokat yoqasiga olib keladi. Bu aniq”, — dedi u.

    09.02.2024, 10:33   Izoh (0)   41401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gruziyaga yangi bosh vazir tayinlandi

    09.02.2024, 09:12

    Zelenskiy Zalujniyni iste’foga chiqargani sababini aytdi

    09.02.2024, 08:46

    Xitoyda Yangi yil arafasi, politsiya bilan yuz bergan qonli to‘qnashuv, sassiqko‘zanlar chempionati — 8-fevral suratlari 

    08.02.2024, 22:51

    Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlariga yangi bosh qo‘mondon tayinladi

    08.02.2024, 22:15

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 55 ta kompaniyasi va 60 nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy qilishni taklif qildi

    08.02.2024, 21:45

    Jo Bayden Ukrainani qiyin vaziyatda yolg‘izlatib qo‘ymaslikka chaqirdi

    08.02.2024, 21:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.