Fransiya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo‘yicha Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri yakuniga yetdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 7-o‘rin uchun kechgan kurashda rossiyalik Yan Nepomnyashchiyga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani 8-o‘rin bilan yakunladi va 20 ming dollar mukofotiga ega chiqdi.
Turnir finalida dunyoning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen amerikalik Hikaru Nakamura ustidan 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Karlsen ushbu g‘alabasi orqali 200 ming dollar pul ishlab topdi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Nakamura 140 ming dollar mukofot oldi. 3-o‘rin uchun kechgan kurashda Germaniyada o‘tgan Grand Slam Tour chempioni, germaniyalik Vensan Keymer xuddi o‘sha musobaqaning vitse-chempioni Fabiano Karuanaga imkoniyatni boy berdi — 0,5:1,5. Ushbu g‘alabadan keyin Fabiano 100 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, barcha ishtirokchilar egallagan o‘rinlarning to‘liq jadvali:
- Karlsen — 200 ming dollar;
- Nakamura — 140 ming dollar;
- Karuana — 100 ming dollar;
- Keymer — 60 ming dollar;
- Arjun — 50 ming dollar;
- Maksim Vashe-Lagrav — 40 ming dollar;
- Ian — 30 ming dollar;
- Nodirbek Abdusattorov — 20 ming dollar;
- Pragnanandha — 15 ming dollar;
- Rapport — 10 ming dollar;
- Gukesh 7,5 ming dollar;
- Vidit — 7,5 ming dollar.
Izoh (0)