• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    Yengilmas “Real” alamzada “Bavariya”ga qarshi. Bugun YCHL yarim finalining dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tadi (prevyu)

    Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Bavariya” va “Real” 30-aprel, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Quyida mazkur uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Germaniya. Myunxen. “Alyans Arena”

    30-aprel, seshanba

    “Bavariya” –“Real” 00:00

    Bosh hakam: Klemen Tyurpin (Fransiya)

    Bundesligani boy bergan “Bavariya” bor kuchini YCHLga qaratadi

    Tomas Tuxel shogirdlari barcha musobaqalarda 4 o‘yinlik g‘alabali seriya namoyish etmoqda. Bunday hol so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabrida bo‘lgan edi. Myunxenliklar chempionatni “Bayer”ga boy berganidan so‘ng ortiqcha bosimdan xalos bo‘ldi va bor e’tiborini “Real”ga qarshi uchrashuvga qaratishi aniq.

    “Bavariya” optimal tarkibdan uzoqroqda. Sarr va Boye avvalroq jarohat olgandi, Koman, Gnabri, Sane va Upamekanolarning jarohati esa klub uchun ancha jiddiy zarba bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Shuningdek, Musiala, Laymer va de Ligtlarda ham kichik jarohat bor. Lekin shifokorlar ularni “Real”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga qarshilik bildirmagan. Murabbiylar shtabi ham ularning xizmatidan albatta foydalanadi. Chunki “Real”ga qarshi bahs mavsum taqdirini belgilab beradi.

    “Qo‘rqinchli” “Real Madrid” yana bir favoritni musobaqadan chiqarib yubora oladimi?

    Karlo Anchelotti jamoasi La Liga chempionligini deyarli hal qildi. Chempionatning navbatdagi turida madridliklar yoshlar va zaxirada ko‘p qoladiganlarga bemalol imkoniyat berishi mumkin. Bu esa “Bavariya”ga qarshi o‘yinda tarkib borasida hech qanday xavotir olmaslikka sabab bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Myunxendagi bahsda “qaymoqranglilar”ga kartochka sababli Dani Karvaxal yordam bera olmaydi. Shuningdek, Kurtua va Alaba hamon lazaretda. Undan tashqari Mendi, Bellingem va Rodrigolar ham kichik jarohatlaridan qutulgan. Ular “Bavariya”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

    O‘yin oldidan qiziqarli faktlar:

    • “Bavariya” Chempionlar Ligasida ketma-ket 15 ta uy o‘yinida mag‘lub bo‘lmayapti (12 ta g‘alaba, 3 ta durang);
    • “Bavariya” YCHLning ketma-ket 3 ta uy o‘yinida o‘z darvozasidan gol olib chiqmayapti;
    • “Real” Chempionlar Ligasida ketma-ket 10 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti (7 ta g‘alaba, 3 ta durang);
    • “Real” joriy mavsum turnirning barcha mehmondagi o‘yinlarida gol urib kelmoqda.

    “Bavariya” — “Real” o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar:

    Yevropaning ikki grandi qit’alar darajasida juda ko‘p to‘qnash kelgan, shulardan 16 tasi Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri keladi. Ustunlik — “Real”da. Madridliklar o‘zaro o‘yinlarda 9 ta g‘alabaga erishgan. 5 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.

    So‘nggi bor “Bavariya” va “Real” 2018-yil bahorida to‘qnash kelgan. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “qaymoqranglilar” (2:2, 2:1) finalga yo‘l olgan. Kiyev finalida madridliklar “Liverpul”ni yengib, shohsupaga ko‘tarilgandi.

    Tomas Tuxel va Karlo Anchelotti o‘zaro qarama-qarshiliklarda:

    Tuxel va Anchelotti 10-marta bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Hozircha ustunlik nemis murabbiyi tomonda. 4 ta o‘yinda Tuxel murabbiylik qilgan jamoalar g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. 3 ta o‘yinda esa Karlo Anchelotti boshchiligidagi klublar zafar quchgan. Tuxel “Borussiya”, “Chelsi” va “PSJ”ni, Anchelotti esa “Bavariya”, “Everton”, “Napoli” hamda “Real”ni boshqarayotgan vaqtda o‘zaro to‘qnash kelgan.

    Murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari

    Foto: Getty Images

    “Chelsi”da ishlagan paytlarim 2 marta “Real” bilan to‘qnash kelganmiz. O‘sha paytdagi “Real”ga qarshi o‘yinimizdan bunisining farqi — Karim Benzema yo‘qligidir. O‘shanda Karim asosiy figuralardan biri edi.

    U ketgach, jamoa Benzemaning o‘rnini to‘ldira oldi. Shuningdek, Jud Bellingemni ham alohida e’tirof etish zarur. U “Real” o‘yinida katta o‘zgarishlarga sababchi bo‘ldi.

    Yana Kroos, Modrich, Vinisiuslarni ta’kidlab o‘tish mumkin.

    Bizga taktika va omad kerak. Agar siz “Real”ni yutmoqchi bo‘lsangiz, barchasi muhim bo‘ladi.

    Tomas Tuxel, “Bavariya” bosh murabbiyi

    Foto: Getty Images

    “Real” finalda? Bu gap meni bezovta qilmaydi. Qarshimizda Bundesligani qo‘ldan boy bergan bo‘lsa-da, Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri “Arsenal”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Bavariya” turibdi.

    Biz nimaga qodirligimizni barcha yaxshi biladi. Hamma bizni hurmat qilishini sezyapmiz.

    Qiyin va og‘ir uchrashuv kutib turibdi.

    Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

    “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 30-apreldan 1-mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

    30.04.2024, 17:24   Izoh (0)   12045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YCHL. “PSJ” bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Barselona”ni ayab o‘tirmadi, Mbappedan dubl, “Borussiya D” esa “Atletiko”ni musobaqadan chiqarib yubordi 

    17.04.2024, 02:00

    YCHL. “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video)

    18.04.2024, 02:00

    YCHL. “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi 

    18.04.2024, 02:49

    Hojimat Erkinov Osiyo Kubogi finalida ishtirok etmaydi. Futbolchi o‘z klubiga qaytib ketdi

    30.04.2024, 16:03

    Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi

    30.04.2024, 15:16

    O‘zbekiston terma jamoasi kuchli ekani yana bir bor isbotlandi — Shin Te Yong

    30.04.2024, 14:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” futbolchilari klub rahbariyatidan Rodrigoni sotmaslikni talab qilmoqda

    Sport | 22 avgust, 15:25

    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

    Reklama | 22 avgust, 15:00

    Suriya milliy valyutasidan ikkita nolni olib tashlaydi

    Dunyo | 22 avgust, 15:25

    Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 15:04

    Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 15:03

    SpaceX AQSHning maxfiy kosmik dronini fazoga uchirdi

    Dunyo | 22 avgust, 15:00

    Kim Chen In Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan harbiylarini mukofotladi (foto)

    Dunyo | 22 avgust, 14:40

    Maktab boshlangunga qadar farzandlar bilan tomosha qilishga arziydigan 5 ta mazmunli multfilm

    Kino | 22 avgust, 14:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.