Andijon viloyatida 5-fevral kuni fuqaro S.M. shaʼriy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J.M.ni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.
![](/static/2025/02/13/5-CxajpcwR.jpg)
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat o‘zaro janjal oqibatida yuzaga kelgan.
Holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Erkak protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
“Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, tergov xarakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
2024-yilning avgustida Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahallasida yashovchi 50 yoshli erkak 24 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirgandi. Aprelda ham Buxoroda er rashk sabab xotinini 16 marta pichoqlab o‘ldirgandi.
Izoh (0)