• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Istanbulda 13—14-dekabr kunlari Xalqaro strategik kommunikatsiya forumi o‘tkaziladi

    Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgan Xalqaro strategik kommunikatsiya forumi (Stratcom Summit 24) “Kommunikatsiyada sunʼiy intellekt: tendensiyalar, tuzoqlar va o‘zgarishlar” mavzusida 13—14-dekabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

    Turkiyaning eng katta aloqa sammiti bo‘lgan Stratcom Summit 24 xalqaro aloqaning yetakchi shaxslarini bir joyga to‘playdi va sunʼiy intellekt bilan birgalikda kommunikatsiya sohasidagi o‘zgarishlarni muhokama qiladi.

    Vitse-prezident Jevdet Yilmaz va Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahrettin Altunning ochilish nutqlari bilan boshlanadigan forumga, tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etadi. 

    Ishtirokchilarga BMTning Global kommunikatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Melissa Flemingning videomurojaati taqdim etiladi.

    Shuningdek, forumda prezidentning Tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich, Ozarbayjon vitse-prezidenti Hikmet Xojiyev, Liviya Aloqa va siyosiy ishlar bo‘yicha davlat vaziri Valid Ammar Ellafi, Livan Axborot vaziri Zaid Makarİ, Serbiya Axborot va telekommunikatsiya vaziri Dejan Ristich, Pokiston Axborot va nashrlar, Milliy meros va madaniyat vaziri Attaulla Tarar, Falastin Telekommunikatsiya va raqamli iqtisodiyot vaziri Dr. Abed-Alrazzaq Natsheh, Gabon Aloqa va media vaziri Laurence Ndong, Shimoliy Kipr Turk Republikasi tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘li, NATO Bosh kotibining jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Mari-Doha Besancenot, Birlashgan Qirollik Bosh Vazirligining Davlat aloqa xizmati, Savdo va farovonlik amaliyotlari bo‘yicha rahbari Emma Turner va boshqa ko‘plab davlatlar vazirlari hamda kommunikatsiya tashkilotlari rahbarlari panellarda nutq so‘zlashadi.

    30 ta davlatdan keng ko‘lamli ishtirok bilan 3 mingdan ortiq mehmon Istanbulda uchrashadi

    Ikki kun davom etadigan dasturda, sunʼiy intellektning kommunikatsiya sohasida yuzaga keltirgan o‘zgarishlari barcha jihatlari bilan ko‘rib chiqiladi, yangi texnologiyalar tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar tahlil qilinadi.

    Stratcom Summit 24 kommunikatsiya sohasidagi sunʼiy intellektning o‘zgartiruvchi taʼsiriga eʼtibor qaratadi va ommaviy kommunikatsiya, yangi aloqa strategiyalari, jurnalistika, raqamli media va diplomatiya, dezinformatsiyaga qarshi kurash va inqirozni boshqarish, raqamli axloq va kiberxavfsizlik kabi turli dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

    Xalqaro strategik kommunikatsiyalar forumida 30 davlatdan yetakchi davlat va xususiy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, ilmiy doiralar va tahlil markazlaridan 64 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etadi.

    8 ta panel, 4 ta maʼruza va 6 ta individual sessiyalardan iborat forum 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonlarni qabul qiladi.

    Tadbirda davlat idoralaridan tortib xususiy korxonalargacha, fuqarolik jamiyatidan tortib tahlil markazlarigacha bo‘lgan turli sohalardagi kommunikatsiya sohasi mutaxassislari, shuningdek, olimlar va universitet talabalarining ishtirok etishi kutilmoqda.

    Dasturning birinchi kunida “Milliy strategiyada sunʼiy intellekt: raqamli transformatsiya va strategiya”, “Sunʼiy intellekt davrida raqamli shaffoflik: maʼlumotlar xavfsizligi orqali jamoatchilik manfaatlarini taʼminlash”, “Xalqaro strategik aloqada sunʼiy intellekt: Global hamkorliklar va huquqiy tartibga solish”, “Dezinformatsiyaga qarshi kurashda sunʼiy intellekt: davlat tashkilotlari uchun strategik vositalar” panellari tashkil etiladi. 

    Shuningdek, bir kunda 3 ta alohida individual mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Prezidentning Tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich “Sunʼiy intellekt davrida Turkiyaning milliy xavfsizlik istiqbollari”, Ozarbayjon vitse-prezidenti Hikmet Xojiyev “Sunʼiy intellekt va strategik taraqqiyot: Ozarbayjon kelajagiga qarash”, Falastin Telekommunikatsiya va raqamli iqtisodiyot vaziri Dr. Abed-Alrazzaq Natsheh esa “Raqamli o‘zgarishni shakllantirish: Falastinning telekommunikatsiya qarashlari” mavzusida nutq so‘zlashadi.

    Stratcom Summit 24 ning ikkinchi kunida esa “Krizisonlarida sunʼiy intellekt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kommunikatsiya: jamoat xavfsizligi strategiyalari”, “Kommunikatsiyada sunʼiy intellekt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kiberxavfsizlik: Xavfsizlikni taʼminlash”, “Sunʼiy intellektning jurnalistika sohasiga taʼsiri: Deep fake tahdidi qarshisida tarafkashlik va to‘g‘rilikni saqlash”, “Sunʼiy intellekt va aloqa etikasi: Shaffoflik va javobgarlikni boshqarish” sarlahvalari ostida mutaxassislar o‘z tahlillarini taqdim etadilar. 

    “Axborot asrida tahdidlarning oldini olish va himoya qilish: NATO bilan intervyu”, “Neyrotexnologiyani o‘zgartirishda sunʼiy intellektning o‘rni”, “Sanʼat texnologiyalaridagi yangi ufqlar", “Sunʼiy intellekt va diplomatiya: Turkiyaning texnologiyaga yo‘naltirilgan kelajakni ko‘rish strategiyasi”, “Ommaviy kommunikatsiyalar samaradorligining global strategiyalari”, “Sunʼiy intellekt va raqamli ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish”, “Tinchlik o‘rnatishda raqamli diplomatiyaning o‘rni” mavzularidagi maʼruza va individual shaklda o‘tkaziladigan sessiyalarda sunʼiy intellektning tashqi siyosat va aloqa faoliyatlarini davlatlar va xalqaro tashkilotlar nuqtai nazaridan qanday shakllantirayotganiga eʼtibor qaratiladi.

    Tadbir maydonida esa Prezident huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi, TRT (Turkiya teleradiokompaniyasi), AA (“Anadolu” agentligi), Matbuot reklama agentligi, Mudofaa sanoati boshqarmasi (SSB), TOBB, ITU va Yıldız Texnik Universiteti stendlari ishtirokchilar uchun ochiq bo‘ladi. Tadbirga qatnashuvchilar, shunigdek, tadbir uchun maxsus ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt tajriba zonalarini ham ko‘rishga muyassar bo‘ladilar.

    “Stratcom 24 xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi”

    Prezident huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi rahbari Altun: “2021-yilda Stratcom Sammitini tashkil etishga qaror qilganimizda, sammitimiz strategik aloqa sohasida ishlayotgan va bu soha bilan qiziqadigan har bir kishi uchun xalqaro muloqot muhiti va global platforma bo‘lishini maqsad qilgan edik. O‘tgan vaqt mobaynida Stratcom bugungi kunda global brend va yetakchi muloqot markaziga aylanganidan juda xursandmiz”, dedi.

    Stratcom’ning shu doirada tashkil etilgan Hackathon, Stratcom Youth, Favqulodda holatlarda kommunikatsiya, va Stratcom Akademiyasi kabi qo‘shimcha tadbirlar bilan Turkiyaning eng katta va eng keng qamrovli xalqaro kommunikatsiya sammiti ekanligini taʼkidlagan Altun: 

    “Bu yil ham dunyoning turli davlatlaridan vazirlar, kommunikatsiya mutaxassislari va o‘z sohalarida tajribaga ega bo‘lgan olimlarni Istanbulda bir joyga yiqqanimizdan faxrlanamiz. Bu yilgi forum diqqatini hozirgi davrning eng muhim mavzularidan biri bo‘lgan “Kommunikatsiyada Sunʼiy intellekt: tendensiyalar, tuzoqlar va o‘zgarishlar” mavzusiga qaratadi.

    Biz hammamiz ko‘rib turibmizki, sunʼiy intellekt va yangi texnologiyalar kommunikatsiya sohasida inqilobiy imkoniyatlar yaratib bermoqda. Biroq, bu o‘zgarish faqat ijobiy jihatlari bilan kelmayapti. Ushbu o‘zgarishning, shuningdek, eʼtibor berilishi kerak bo‘lgan juda muhim xavflari ham mavjud. Biz Istanbulda o‘tkazayotgan Stratcom 24 da, dunyoning turli davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan birgalikda bu imkoniyatlar va xavflarni, sunʼiy intellekt texnologiyalarini insoniyatga foyda keltiradigan tarzda qanday shakllantirishimiz kerakligi kabi masalalarni muhokama qilamiz. 

    Men bu yil to‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan Stratcom Summit 24 xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, axborot almashishni oshirish va muammolarni hal qilish yondashuvlarini joriy etishda muhim qadam bo‘lishiga ishonaman”.

    13.12.2024, 20:35   Izoh (0)   2045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Turkiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyaning nufuzli mukofotlaridan biri — “Oltin kapalak-2024”ga nomzodi qo‘yilgan aktrisalar

    29.11.2024, 09:37

    Erdo‘g‘on: “Baydenning G‘azo bo‘yicha tashabbusi muhim qadamdir” 

    28.11.2024, 22:44

    Toshkent xalqaro aeroportida ayol Turkiyaga 20 yoshli qizni fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtda ushlandi

    28.11.2024, 22:51

    Suriya va Rossiya Suriya shimoli-g‘arbidagi isyonchilar nazoratidagi hududlarga zarba berdi

    28.11.2024, 22:56

    Kipr NATOga a’zo bo‘lmoqchi

    29.11.2024, 09:24

    BMT Suriyada 27 nafar tinch aholi, jumladan, bolalar halok bo‘lganini ma’lum qildi

    29.11.2024, 19:10

    Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi

    29.11.2024, 19:45

    Migrantlar yuborgan pullarning yarmidan ko‘pi Rossiyadan jo‘natilgan — Markaziy bank

    29.11.2024, 20:31

    “Putinning yadroviy qurol haqidagi bayonotlariga jiddiy qarash kerak” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

    30.11.2024, 15:00

    Suriya yana notinch. Mojaroning yangi fazasi boshlandimi?

    02.12.2024, 18:49

    “Yovvoyi” seriali jarimaga tortildi, Demet O‘zdemir xalqaro sovringa ega bo‘ldi: turk kinosi yangiliklari

    03.12.2024, 13:30

    Afra Saracho‘g‘lu 27 yoshda: otasi tashlab ketgan, universitetni bitirolmagan va onasi tufayli mashhur bo‘lgan sevimli aktrisangiz haqida qiziqarli faktlar

    03.12.2024, 14:53

    Tabiatan sohibjamol: hech qachon plastik operatsiya qildirmagan turk aktrisalari

    04.12.2024, 17:35

    Iteca Exhibitions: 2024-yilda ko‘rgazma sanoatini rivojlanishing drayveri

    04.12.2024, 10:30

    Rossiya harbiy kemalari Suriyadagi bazani tark etdi (foto)

    04.12.2024, 09:08

    JST yo‘lida: O‘zbekistonni oldinda qanday muammolar kutadi?

    04.12.2024, 19:55

    Rossiya Suriyadagi bazasini yo‘qotsa, Putin tanlov oldida qoladi — The Telegraph

    05.12.2024, 12:05

    Putin Rossiya gazi uchun “Gazprombank” orqali to‘lash talabini bekor qildi

    06.12.2024, 09:45

    O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida 27 ta muhim xalqaro konvensiyani qabul qilish bo‘yicha ishlar boshlanadi — Senat

    06.12.2024, 14:59

    Bashar Asad rejimi qulash arafasida. Suriyani qanday taqdir kutmoqda? 

    06.12.2024, 15:38

    3 yilga ham bormagan mustaqillik, Sovet bosqini, xorijga qochgan millat liderlari: Gruziya Demokratik Respublikasi kechmishi 

    06.12.2024, 20:30

    “Asad Suriya kelajagi bo‘yicha muzokaralarga rozi emas” — Erdo‘g‘on 

    06.12.2024, 21:15

    “Inflyatsiya — kambag‘alga soliq”. Narxlar oshishi xalq cho‘ntagiga qanday taʼsir qiladi?

    07.12.2024, 16:40

    Bashar Asad isyonchilarga hokimiyatni topshirish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi bo‘lgan — OAV

    08.12.2024, 16:35

    “Bir tomchi neft bir tomchi qonga arziydi!” — parda ortidagi geosiyosiy “o‘yinchi”larning Suriyadagi manfaatlari

    08.12.2024, 20:13

    Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan — manba 

    09.12.2024, 12:05

    O‘zbekistonda yana 5 ta yangi IES ishga tushiriladi  

    10.12.2024, 09:40

    Erdo‘g‘on Suriyaning keyingi taqdiri haqida bayonot berdi

    10.12.2024, 09:05

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Suriya isyonchilari Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi (video)

    11.12.2024, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    Layfstayl | 20 iyun, 13:49

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:45

    Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

    Dunyo | 20 iyun, 13:32

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    “Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin” — prezident

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.