• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida 27 ta muhim xalqaro konvensiyani qabul qilish bo‘yicha ishlar boshlanadi — Senat

    Oliy Majlis Senatida Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

    Senat raisi Tanzila Norboyeva Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashuvda O‘zbekistonning Yevropa ittifoqining GSP+ dasturiga kiritilishi mamlakatni jahonning eng yirik bozorlariga chiqish imkoniyatini bergani aytib o‘tilgan.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning GSP+ dasturiga kiritilgani doirasida inson va mehnat huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni, iqlimni muhofaza qilish va samarali boshqaruvni ta’minlash bilan bog‘liq 27 ta muhim xalqaro konvensiyani samarali amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar muhokama qilingan.

    Ushbu majburiyatlarning bajarilishi Yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning xalqaro bozorlarga integratsiyalashuviga yordam beradi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Yevropa ittifoqi” sammitidagi nutqida Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikning 7 ta ustuvor yo‘nalishini sanab o‘tgan edi.

    Hamkorlikning birinchi ustuvor yo‘nalishi bu — savdo. O‘zbekiston Yevropa ittifoqi bilan savdo munosabatlarini tubdan kengaytirishdan, eng avvalo, barqaror savdo-logistika zanjirlarini va o‘zaro mahsulot yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratishdan manfaatdor. “GSP+” tartibining taqdim etilishi mamlakat ishlab chiqaruvchilarini tashqi savdo faoliyatiga jalb qilish va shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirishda rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi aytilgan.

    GSP+ nima?

    GSP+ dasturi Yevropa ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qishloq xo‘jaligi mollari va boshqa ayrim mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir. Dasturga to‘liq a’zo bo‘lgan davlat Yevropa ittifoqi bozorlariga 3000 ga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    GSP+ tizimiga qo‘shilish O‘zbekistonga katta imtiyozlar beradi. Nega deganda, ushbu tizim doirasida bojxona to‘siqlari, tariflari va boshqa to‘lovlarni kamaytirish nazarda tutiladi.

    Yevropa bozori juda katta. Bu yerda 500 mln dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Shu bois O‘zbekistonning GSP+ ga qo‘shilishi o‘zbek kompaniyalarining bu bozorga kirib kelishiga va o‘z mahsulotini sotishiga imkon berdi. 

    YI dunyodagi eng katta bozorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, Yevropaning to‘qimachilik sanoatida bozor hajmi 98 milliard dollarni, charm-poyabzal sanoatida 24 milliard dollarni, qishloq xo‘jaligi sanoatida 24 milliard dollarni tashkil etadi.

    Ikki barobar o‘sish

    Agar 2016-yilda Yevropa Ittifoqi bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,98 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich ikki barobardan ko‘proqqa o‘sdi va 4,5 milliard dollarni tashkil etdi.

    Shu bilan birga, GSP+ oddiy savdo vositasidan ko‘ra muhimroq. Tizimga qo‘shilayotganda mamlakatlar inson va mehnat huquqlariga, atrof-muhit va iqlim muhofazasi va sifatli boshqaruvga oid 27 asosiy xalqaro konvensiyalarini samarali amalga oshirish majburiyatini oladi.

    Umumiy tashqi savdoning o‘sishi

    Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar eksporti yalpi ichki mahsulotning 15 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizga yetgan. 2017—2022-yillarda respublikaning jami eksporti 95 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi, shundan 2022-yilda 19 milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qilindi, bu 2016-yilga nisbatan 60 foizga ko‘pdir.

    So‘nggi yillarda respublikada eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman, muvozanatli tashqi savdoni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023-yilning yanvar—sentyabr oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 44,7 milliard dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,1 foizga o‘sdi.

    Made in Uzbekistan brendi ostidagi mahsulotlar jahon bozorida tobora keng tarqalmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 204 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya, Koreya, Qirg‘iziston va Germaniya bilan qayd etilgan.

    06.12.2024, 14:59   Izoh (0)   2573
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #GSP+#Yevropa Ittifoqi#Oliy Majlis Senati#Tanzila Norbayeva#Terxi Xakala#konvensiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    GSP+ ga a’zolik O‘zbekistonga qanday manfaat keltiradi?

    24.02.2022, 18:29

    “QQSning pasayishi mahsulotlar narxi arzonlashishiga sharoit yaratadi” – iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    04.01.2023, 19:58

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining maxsus vakilini qabul qildi

    28.04.2023, 17:53

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga boradi

    01.06.2023, 17:07

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

    02.06.2023, 13:47

    Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning 7 ta ustuvor yo‘nalishini aytib o‘tdi

    02.06.2023, 17:59

    O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari Xitoy bozoriga yetkazib berilishi mumkin

    10.07.2023, 14:16

    Endilikda o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozorlarida sotish imkoniyati paydo bo‘ldi

    07.11.2023, 20:50

    “Yevropa o‘zbekistonlik eksportchilarga boj imtiyozlari berishda davom etadi” — O‘zbekiston uchun “GSP+” muddati uzaytirildi

    23.11.2023, 21:25

    “Markaziy Osiyo davlatlari bilan mustahkam va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega” — Margaritis Sxinas

    18.01.2024, 21:50

    “Odamlarni birlashtirish usuli sifatida viza tarafdori va himoyachisiman” — Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti

    19.01.2024, 13:25

    Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi 

    24.01.2024, 20:50

    O‘zbekistonda dorilarni televizorda reklama qilish faqat SSV xulosasi asosida mumkin bo‘ladi

    31.01.2024, 22:19

    2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 3,5 mlrd dollarga yetkazilishi mumkin

    02.02.2024, 20:27

    O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi

    26.04.2024, 10:10

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 6 mln yevro ajratdi

    27.04.2024, 10:05

    “Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonning savdo aylanmasi 11 foizga o‘sdi” — Sharlotta Adrian

    05.06.2024, 15:42

    Shavkat Mirziyoyev AQSH savdo vakili bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish masalasini muhokama qildi

    11.06.2024, 17:55

    AQSH O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

    13.06.2024, 14:20

    O‘zbekistonda 2027-yilgacha bo‘lgan davrda mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi

    19.06.2024, 19:40

    O‘zbekiston Yaqin Sharq va Janubiy Osiyodagi elektrotexnika mahsulotlari eksportini oshirishga intilmoqda

    23.07.2024, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.