• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    O‘zga millat vakili bo‘lsa-da, turk kinosida shuhrat qozongan aktyor va aktrisalar (foto)

    Turk seriallarining syujeti, aktyorlar mahorati har qanday tomoshabin e’tiborini o‘ziga qaratadi. Ulardagi voqealar rivoji, haqiqiydek tasvirlangan tuyg‘ular, munosabatlar ham alohida e’tirofga loyiq. Turkiya davlati hozirga kelib AQSHdan keyingi eng ko‘p serial sotuvchi ikkinchi mamlakatga aylangan. Ammo ko‘pgina turk yulduzlarining kelib chiqishi to‘liq turk millatiga mansub emas. Balki shuning uchun seriallardagi barcha qahramonlar noyob go‘zallik sohibidir?

    Meryem Uzerli

    Foto: Dzen

    Xurram obrazi bilan tanilgan latofatli Meryem Uzerli 1983-yil 12-avgustda Germaniyaning Kassel shahrida tug‘ilgan. Uning onasi Ursula nemis, otasi Husayn esa turk. U oiladagi to‘rtinchi va kenja farzand. Farzandida san’atga bo‘lgan qiziqishni ko‘rgan onasi Meryemni teatr to‘garagiga olib bordi. So‘ng u Gamburgdagi Frese drama studiyasida aktyorlik yo‘nalishida tahsil oldi, u yerda kichik teatr spektakllarida ham rol o‘ynadi. 2008-yildan u epizodik rollar bilan nemis filmlari va teleseriallarida suratga tusha boshladi.

    Fahriye Evjen

    Foto: Dzen

    Aktrisa 1986-yil 4-iyunda tug‘ilgan. Ota-onasi Hadiche va Ramazan Evjen Germaniyaning g‘arbida joylashgan Zollingen shahrida yashagan. Onasi — cherkas, otasi esa Saloniki shahridan qochgan turk muhojiri edi. Kavkaz va turk genlari Fahriye go‘zalligida namoyon bo‘lgani tufayli u Istanbuldagi kinosanoati vakillari e’tiboriga tasodifan tushgan. Keyinchalik u “To‘kilgan yaproqlar”, “Kurt Seyit va Aleksandra”, “Choliqushi” va “Sevgi senga o‘xshaydi” loyihalarida suratga tushgan.

    Alina Boz

    Foto: Dzen

    Turk kinosanoatida kurtak ochayotgan yosh aktrisa Alina Boz Moskva shahrida tug‘ilgan. Uning onasi rus, otasi turk. 7 yoshigacha Rossiyada yashagan va keyinchalik oilasi bilan Istanbulga ko‘chib kelgan. Aktrisa rus va turk tillarida ravon so‘zlashadi. Bolaligida u uchuvchi bo‘lishni istagan va aviatsiya mutaxassisligiga o‘qishga kirgan. Kunlarning birida go‘zal Alinani moda vakillari uchratib qoladi va unga turli takliflar kelib tushadi va shu tariqa u kinosanoatiga ham kirib keladi.

    Yasemin Allen

    Foto: Dzen

    Kelib chiqishi britaniyalik bo‘lgan turk aktrisasi “Muhtasham yuz yil” serialida Defne sulton rolini o‘ynagan. Uning otasi ingliz, onasi esa turk. Yasemin kino va televideniye fakultetida tahsil olgan.

    Chag‘atoy Ulusoy

    Foto: Dzen

    “Ichkarida” serialidagi roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Chag‘atoy Ulusoyning otasi bolgariyalik, onasi esa bosniyalik.

    Kivanch Tatlitug‘

    Foto: Dzen

    “Taqiqlangan sevgi”, “Kurt Seyit va Aleksandra” va “Taqiqlangan sevgi” teleseriallari yulduzi Kivanchni turkiyalik Bred Pitt deb ham atashadi. U Kosovo albanlarining ko‘p farzandli oilasida dunyoga kelgan. U bolaligidan basketbolga qiziqar, aktyor bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan edi. Ammo sportda jiddiy jarohat olgani tufayli basketbolni tashlashga majbur bo‘lgan va modellikka ishga kirgan.

    Filiz Ahmet

    Foto: Dzen

    “Muhtasham yuz yil” serialidagi Nigor xalfa Makedoniyada tug‘ilgan, bolaligi ham shu yerda o‘tgan. Ba’zi manbalar aktrisani albaniyalik yoki bosniyalik deb ta’riflashadi. Otasi esa turk bo‘lgan. Ota tomondan bobosi teatr aktyori bo‘lgan.

    Aydan Shener

    Foto: Dzen

    “Choliqushi” serialining qahramoni Aydan Shener 1963-yilda Turkiyada tug‘ilgan. 18 yoshida u “Turkiya go‘zali” tanlovida qatnashib, g‘olib bo‘lgan. Uning ota-onasi aslida qozonlik bo‘lishgan.

    Selma Ergech

    Foto: Dzen

    Xadicha sulton obrazi Selmaga jahon miqyosida mashhurlik keltirdi. U 1978-yilda Germaniyada tug‘ilgan. Otasi turk, onasi nemis millatiga mansub.

    Tuba Buyukustun

    Foto: Dzen

    Go‘zal, aqlli va iste’dodli aktrisa Tuba Buyukustunning otasi grek, onasi esa qrim-tatar millatiga mansub. Hozirda aktrisa ajrimdan so‘ng ikki farzandini yolg‘iz tarbiya qilmoqda.

    Neslihan Atagul

    Foto: Dzen

    Yashil ko‘zli maftunkor Neslihan 1992-yilda Istanbulda tug‘ilgan va 8 yoshida kelajakda albatta aktrisa bo‘lishni maqsad qilgan. Neslihanning otasi Yashan Sener (Turkiyaga ko‘chib kelgach ismini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin) kelib chiqishi cherkas, onasi esa rus hamda belarus millatiga mansub. Oila SSSR hududida yashagan, keyinchalik mamlakat parchalanib ketgach, Turkiyaga ko‘chib kelgan.

    O‘smirligidan Neslihan aktyorlikka juda qiziqqan va uning tanlovini ota-onasi va akasi Ilkay Atagul doim qo‘llab-quvvatlagan. Natijada Neslihan 13 yoshida kinosanoati va shou-biznesga kirib kelgan.

    16.04.2024, 16:35   Izoh (0)   156831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Plastik jarrohlikdan so‘ng tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan turk aktrisalari (foto)

    26.12.2023, 12:52

    Burak O‘zchivit ro‘yxatda yo‘q: Turkiyaning eng badavlat aktyori kim?

    04.03.2024, 09:40

    Xurram obrazi Neslihan Atagulga ko‘proq mos tushardi — aktrisa tarjimayi holidagi ma’lumotlar buni tasdiqlaydi

    20.03.2024, 12:20

    O‘xshashmi yoki yo‘q: mashhur turk aktyorlarining opa-ukalari qanday ko‘rinishga ega?

    19.03.2024, 11:40

    Seriallardagi salbiy obrazlari tufayli tomoshabinlar nafratiga duchor bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    28.03.2024, 18:15

    “Qora niyat” serialidagi Yildiz farzandli bo‘ldi, Jem Adrian jiddiy kasallikka chalindi: turkiyalik mashhurlarda qanday yangiliklar?

    13.04.2024, 14:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.