Kanadalik aktyor Kianu Rivz ingliz yozuvchisi Chayna Myevill bilan hamkorlikda o‘zining ilk romanini nashr etadi.
Ularning hammualliflikdagi romani “O‘zga dunyodan kelgan kitob” deb nomlanadi va birinchi marta 2021-yilda chiqarilgan BRZRKR komikslar seriyasi dunyosida o‘rnatiladi. Unda o‘lmas jangchining abadiy ekanligini anglash uchun ming yillik sayohatga otlangani haqida hikoya qilinadi.
“Chayna, aynan, men istagan narsani qildi – u tarixning aniq arxitekturasi bilan keldi. U men juda yaxshi ko‘radigan BRZRKR dunyosi bilan qanday o‘ynashni biladi”, – dedi Kianu.
Roman Penguin nashriyoti tomonidan nashr etilishi kutilyapti.
Maʼlumot uchun, BRZRKR Kianu Rivzning g‘oyalari asosida yaratilgan komikslar seriyasidir. 12 sondan iborat birinchi jildi Boom! nashri tomonidan 2021-yil 3-martda sotuvga chiqarilgan edi.
Syujet 80 ming yildan beri yashab kelayotgan va maʼlum bir hukumat tashkilotida ishlayotgan, davlat uchun turli maxfiy vazifalarni bajaruvchi Berserker ismli o‘lmas jangchi haqida boradi. Davlat unga boqiylikdan qutulishga yordam berishni vaʼda qiladi.
Izoh (0)