Tayyorlash uchun ko‘p vaqt ketmaydigan mazali yegulik ta’mi siz va oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 6 dona;
- tuz;
- o‘simlik yog‘i;
- qiyma — 450 g;
- sarimsoq piyoz;
- tomat pastasi — 2 osh qoshiq;
- murch;
- tuxum — 3 dona;
- sut — 450 g.
- Bo‘laklarga bo‘lingan kartoshkani 5 daqiqa davomida tuzli suvda qaynatib oling.
- Qizigan yog‘ga maydalangan piyoz, keyin esa qiyma solib qovurib oling.
- Maydalangan sarimsoq, tomat pastasi, shuningdek, tuz va murch qo‘shing.
- Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan idish chetlariga yog‘ surting.
- Unga kartoshkani uchdan bir qismini terib chiqing.
- Ustidan qiyma soling va shu ketma-ketlikni takrorlab, ustini kartoshka bo‘laklari bilan yoping.
- Ustidan murch va tuz qo‘shilgan tuxumli aralashma quying.
- 180 daraja qizigan pechda 45-55 daqiqa davomida pishirib oling.
Mavzuga doir:
- O‘z qo‘lingiz bilan turkcha doner kabob tayyorlab ko‘ring
- Tovuq filesiga sabzavot va pishloq qo‘shib, tushlik uchun taom tayyorlaymiz
- Tushlikka o‘z qo‘lingiz bilan non kabob tayyorlang
- Kechki ovqatga uyg‘urcha beshbarmoq pishiring
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ozarbayjoncha qatiqli taom — dovg‘a pishirib ko‘ring
- Mazasi og‘izda eriydigan tovuqli lag‘mon pishiramiz
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)