Daryo

Mazasi og‘izda eriydigan tovuqli lag‘mon pishiramiz

Taomga soya qo‘shib, to‘g‘ralgan ko‘k piyoz bilan dasturxonga tortish tavsiya qilinadi

1 daqiqa o‘qish59 634 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Botanichka.ru”

To‘yimli va mazali bo‘lgan lag‘monning tovuq go‘shti qo‘shib pishiriladigani odatdagidan tezroq tayyor bo‘ladi.

Foto: “Botanichka.ru”
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Tovuq go‘shti — 700 gr;
  • Piyoz — 2 dona;
  • Pomidor — 1 dona;
  • Sabzi — 1 dona;
  • Bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • Tomat pastasi — 2 osh qoshiq;
  • Tayyor yoki uyda tayyorlangan lag‘mon xamiri — 350 gr;
  • Ta’bga ko‘ra tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • O‘simlik yog‘i solingan tovaga to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini solib, 10 daqiqa davomida qovuring.
  • Yarim dumaloq shaklda to‘g‘ralgan piyozni tovaga solib, go‘sht bilan birga yana 10 daqiqa qovuring.
  • “Kubik” shaklida to‘g‘ralgan sabzini qo‘shib 5 daqiqa dimlang.
  • Pomidor, bulg‘or qalampirini ham “kubik” shaklida to‘g‘rab tovaga soling.
  • Tomat pastasi, tuz va murch qo‘shib aralashtiring va qopqog‘ini yopib 15 daqiqa dimlang.
  • Xamirni tuzli, qaynagan suvda pishirib oling.
  • Pishgan xamirni tovuqli sabzavotlarga qo‘shib aralashtiring.
  • Taomga soya qo‘shib, to‘g‘ralgan ko‘k piyoz bilan dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar