Daryo

Tovuq filesiga sabzavot va pishloq qo‘shib, tushlik uchun taom tayyorlaymiz

Garnir sifatida grechka yoki guruch pishirish tavsiya qilinadi

1 daqiqa o‘qish36 991 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Pishloqning pechda erib pishishi, mayonez va sarimsoqqa qo‘shilib tovuqqa o‘zgacha ta’m beradi.

Foto: “Russianfood.com”
Kerakli mahsulotlar:
  • Tovuq filesi — 1,5 kg
  • Pomidor — 2-3 dona
  • Qizil bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • Sarimsoq piyoz — 5-6 dona
  • Pishloq — 250 gr
  • Un — 1 stakan
  • Mayonez — 6-7 osh qoshiq
  • Xantal — 2 osh qoshiq
  • O‘simlik yog‘i
  • Tuz, murch
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tovuq filesini bo‘laklarga bo‘ling, tuz va ziravorlar seping.
  • Filening ikki tomonini ham unga bulab oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovaga solib qovurib oling.
  • Pomidor va bulg‘ori qalampirini mayda kub shaklida to‘g‘rang.
  • Ko‘katlar va sarimsoqni maydalang.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqarib, to‘g‘ralgan sabzavotlar ustiga soling va mayonez qo‘shing.
  • Pech patnisiga tovuq filesini qo‘ying va ustiga sabzavotli aralashma soling.
  • Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping va 200 daraja qizigan pechga 20 daqiqaga qo‘ying.
  • Garnir sifatida grechka yoki guruch pishirish tavsiya qilinadi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar