Daryo

Kechki ovqatga uyg‘urcha beshbarmoq pishiring

Dasturxoningizni to‘yimli ovqat bilan bezang

1 daqiqa o‘qish70 900 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sm News

Dasturxoningizni to‘yimli ovqat bilan bezang.

Foto: Sm News
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Qo‘y go‘shti — 750 gr
  • Pomidor — 5 dona
  • Bulg‘or qalampiri — 2 dona
  • Piyoz — 1 dona
  • Oldindan tayyorlab olingan xamir — 500 gr
  • Sarimsoq piyoz
  • Lavr yaprog‘i
  • Tuz va murch
Tayyorlanish jarayoni:
  • Go‘shtni yaxshilab tuzlab, suvsiz qozonda dimlab, 40 daqiqa davomida pishiring.
  • Piyozni yarim dumaloq, pomidorni kub shaklida to‘g‘rang.
  • Dimlangan go‘shtni boshqa qozonga olib, piyoz bilan qovuring .
  • Pomidor qo‘shib aralashtiring.
  • Qozondagi mahsulotlarni yopadigan darajada suv quying.
  • Qaynab chiqqanidan keyin lavr yaprog‘i, tuz va murch qo‘shing.
  • Bulg‘ori qalampiri va sarimsoq piyoz qo‘shing.
  • Alohida qozonda suv qaynatib, tuz soling va xamirni pishirib oling.
  • Likopchaga xamir, uni ustidan go‘shtli aralashmani soling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar