• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    Markaziy bank mamlakatda non mahsulotlari narxiga taʼsir qilayotgan omillar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Un va non narxlari o‘sib bormoqda

    O‘rganish natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi navli bug‘doy unidan tayyorlangan non narxi 2020-yildan 2025-yil mayigacha 77,6 foizga oshgan. Oliy navli bug‘doy unidan tayyorlangan non esa 52,5 foizga, obinon 62,4 foizga qimmatlashgan. Bu davrda birinchi navli bug‘doy uni narxlari 56,9 foiz, oliy navlisi esa 73,5 foizga ko‘tarilgan.

    Oxirgi besh yillik davrda oliy va birinchi navli bug‘doy unlari hamda obinon 2022-yilda keskin qimmatlagan. Keyingi yillarda esa ushbu mahsulotlar narxlarida o‘sish sekinlashgan.

    Tahlilga ko‘ra, 2022-yilda birinchi navli undan tayyorlangan non 54,8 foizga qimmatlashdi. Birinchi navli bug‘doy uni narxi 46 foiz, oliy navli bug‘doyniki 39,5 foizga oshdi. Oliy navli undan tayyorlangan non 25,8 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, obinon narxi 22,7 foizga o‘sgan.

    Birinchi navli bug‘doy uni narxi 2021-yil I chorakdagi 4 127 so‘mdan 2025-yilning I choragiga kelib 6 440 so‘mgacha qimmatlashgan. Mazkur davrda birinchi navli undan tayyorlangan non narxi 3 129 so‘mdan 6 144 so‘mgacha oshgan. Oliy navli bug‘doy uni narxi davr boshidagi 5 506 so‘mdan 9 581 so‘mgacha ko‘tarilgan.

    Narxlarning bunday oshishi asosan bug‘doy ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning xususan, yerga ishlov berish, ish haqi, texnikaga qilinadigan xarajatlarning oshib borayotganligi bilan izohlanadi.

    “So‘nggi yillarda O‘zbekiston aholisining o‘sish ko‘rsatkichi o‘rtacha 2 foizni tashkil etmoqda. Aholi sonining har 1 million kishiga ko‘payishi non va non mahsulotlariga (bug‘doy uniga) bo‘lgan yillik talabni o‘rta hisobda 171 ming tonnagacha oshirishi mumkin. 2025-yil 1-aprel holatiga mamlakatda aholi soni 37,7 million kishiga yetgan. Boshqa omillar o‘zgarmagan holatda keyingi 5 yilda bug‘doy uniga bo‘lgan yillik talab taxminan qo‘shimcha 670 ming tonnaga oshishini kutish mumkin”, deyiladi tadqiqotda.

    Import qilingan bug‘doyning bir tonnasi 2021-yilda 222 dollar, 2022-yilda 280 dollar, 2023-yilda 231 dollar, 2024-yilda 190 dollar bo‘lgan. Import un narxi esa 2021-yildagi 268 dollardan 2024-yilda 323 dollarga yetgan. O‘zbekistonga 2021-2024-yillardagi bug‘doy importining deyarli barchasi (99 foizdan ortig‘i) Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Un importida esa Qozog‘iston 2021-yilda 98,4 foiz, 2022-yilda 96 foiz, 2023-yilda 87,6 foiz, 2024-yilda 90,6 foiz ulush bilan yetakchilik qilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Narxlar nega oshyapti?

    Tahlil qilinishicha, 2020-2025-yillarda un va non mahsulotlari tannarxiga taʼsir etuvchi resurslar — yonilg‘i, elektr energiyasi, gaz, sovuq suv va transport xizmatlari keskin qimmatlashgan. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlari oshishi orqali mahsulot narxiga bevosita taʼsir ko‘rsatyapti.

    Markaziy bank narxlarga fermer va klasterlar yetishtirayotgan bug‘doyni birja savdolari orqali sotayotgani ham taʼsir qilayotganini bildirgan. “Hokimliklar tomonidan bu borada majburiy talablar qo‘yilmasligi – fermerlar hamda klasterlar daromadiga ijobiy taʼsir qilibgina qolmasdan, narxlarni erkinlashtirish bilan bog‘liq choralar samaradorligiga ijobiy taʼsir qiladi”, deyiladi manbada.

    Bug‘doy importi va jahon narxi bilan bog‘liqlik muhim omillardan biri bo‘lib, O‘zbekiston bug‘doyining aksariyat qismi Qozog‘istondan import qilinishi inobatga olinsa, jahon bozoridagi narx o‘zgarishlari mahalliy bozorga kuchli va tezkor taʼsir ko‘rsatadi. O‘zbekiston jahon bug‘doy narxlariga yuqori sezuvchan.

    Shu bilan birga, aholi daromadlari o‘sishi va isteʼmol tendensiyalari nonga bo‘lgan talabga taʼsir qilmoqda.

    O‘z navbatida iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va yer sho‘rlanishi — narxlarga taklif tomonidan taʼsir qiluvchi ekologik omillar sifatida ko‘rilyapti. Mamlakatda yer sho‘rlanishi 2000–2020-yillarda 450 ming gektardan 750 ming gektargacha kengaygan. Bu esa bug‘doy hosildorligi va fermerlar daromadlariga salbiy taʼsir ko‘rsatgan. Yuqori harorat, qurg‘oqchilik va sug‘orish tizimlarining samarasizligi esa hosilning kamayishiga olib keladi.

    Geosiyosiy omillar va davlatlararo savdo siyosatlari ham non narxiga taʼsir qiluvchi tashqi omillar sirasiga kiradi.

    “Rossiya-Ukraina mojarosi, eksport 17 kvotalari, tranzit tariflari va boshqa choralar natijasida taʼminot zanjirida uzilishlar yuzaga kelib, import qiluvchi davlatlarda, jumladan O‘zbekistonda, narxlar oshishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deya qayd etilgan tadqiqotda.

    Markaziy bank jahonda narxlar barqarorlashishiga qaramay, ichki resurslar samaradorligini oshirish muhimligini urg‘ulagan. Bug‘doy va un ishlab chiqarish tannarxiga taʼsir etuvchi omillarni muntazam tahlil qilib borish, iqlim o‘zgarishi, non mahsuloti isteʼmoliga bo‘lgan aholi yondashuvlarini o‘rganib borish zarurligini taʼkidlagan. Bu yo‘nalishda tadqiqot ishlarini kuchaytirish, sug‘orish va agronomik texnologiyalarni rivojlantirish, narxni barqarorlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan mexanizmlarni kuchaytirish va mahalliy yetishtirishni kengaytirish shartligi qayd etilgan. Shu bilan birga, bug‘doy importi geografiyasini kengaytirishga ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi taʼkidlangan.

    16 avgust, 23:46   Izoh (0)   478
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.