Daryo

Tushlikka o‘z qo‘lingiz bilan non kabob tayyorlang

Ta’bga qarab sous qo‘shsa ham bo‘ladi

2 daqiqa o‘qish66 631 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Cookpad

Mazkur go‘shtli burger nafaqat kattalar, balki bolajonlar uchun ham sevimli taomlardan biri bo‘lishiga shubha yo‘q.

Foto: Cookpad

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

Xamiriga:
  • Sut — 200 ml
  • Suv — 200 ml
  • Tuz — 0,5 stakan
  • Xamirturush —7 gr
  • O‘simlik yog‘i — 5o ml
  • Un — 600 gr
“Nachinka” uchun:
  • Go‘sht — 700 gr
  • O‘simlik yog‘i — 80 ml
  • Piyoz — 2 dona
  • Soya sousi — 2 osh qoshiq
  • Sirka — 1 osh qoshiq
  • Sarimsoq, petrushka
  • Tuz, murch, zira
Tayyorlanish jarayoni:
Foto: Cookpad
  • Sut va suvni biroz ilitib, xamir tayyorlab oling.
  • Ustini o‘rab, 1,5-2 soatga issiqroq joyga qo‘ying.
  • Xamirni 6 ta teng bo‘lakka bo‘ling, har birini mushtlab 5 daqiqa tindiring.
  • 12-13 sm kattalikda yoying, yana 20-30 daqiqaga qoldiring.
Foto: Cookpad
  • Xamir yuziga tuxum sarig‘ini surting va kunjut sepib, 180 daraja qizigan pechda 25 daqiqa davomida pishirib oling.
Foto: Cookpad
  • Yog‘ solingan tovada mayda kub shaklida to‘g‘ralgan go‘shtni qovurib pishiring. Qopqog‘ini yopib 40 daqiqa davomida dimlang va orada aralashtirib turing.
Foto: Cookpad
  • To‘g‘ralgan piyoz qo‘shing va yana 10 daqiqa dimlang.
  • Sarimsoq, ziravorlar, soya qo‘shing va yana 8 daqiqa pishiring.
Foto: Cookpad
  • Piyozni dumaloq shaklda to‘g‘rab suvga soling va 3 daqiqaga muzlatkichga qo‘yib qo‘ying.
  • Keyin unga ko‘kat, tuz va soya qo‘shing.
Foto: Cookpad
  • Pishgan non bo‘laklarini o‘rtasidan bo‘ling va go‘shtli aralashmani soling.
  • Ustidan piyoz qo‘yib, ikkinchi bo‘lak bilan yoping.
  • Ta’bga qarab sous qo‘shsa ham bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar