Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tez tayyorlanadigan va mazali turkcha shaurma retseptini e’tiboringizga havola etamiz. Mazkur yegulikning sousi mayonez va ketchupsiz tabiiy usulda tayyorlanadi.

Foto: “Gastronom”

Foto: “Gastronom”

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Tovuq go‘shti — 300 gr
  • Pomidor — 1-2 dona
  • Bodring — 2 dona
  • Lavash xamiri — 2 dona
  • Qatiq — 150 ml
  • Sarimsoq piyoz — 2 dona
  • Pishloq — 100 gr
  • Petrushka, shivit, salat bargi
  • Tuz
Tayyorlanish jarayoni:
  • Somoncha shaklida to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini tovaga solib, 5 daqiqa qovuring.
Sous uchun:
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada sarimsoq piyozni qovurib oling.
  • Qovurilgan sarimsoqni qatiqqa qo‘shing va qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan birga aralashtiring.
  • Maydalangan ko‘katlar, tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Lavash xamiriga sousni surtib chiqing va salat bargi qo‘ying.
  • Barg ustidan qovurilgan tovuq hamda sabzavotlarni terib chiqing.
  • Xamirni “trubochka” shaklida ochilib ketmaydigan qilib o‘rang.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi