Bayram dasturxoni uchun qo‘ziqorin va pishloq solib tayyorlanadigan o‘ziga xos salat retseptini taqdim qilamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 3 dona;
- sabzi — 2 dona;
- qo‘ziqorin — 100 g;
- tuxum — 3 dona;
- pishloq — 150 g;
- dudlangan tovuq filesi — 200-250 g;
- mayonez;
- tuz;
- qizil karam;
- suv — 60-80 ml;
- ko‘k piyoz.
- Tuxum, kartoshka va sabzini suvda qaynatib oling.
- Sarig‘idan ajratilgan tuxum oqidan birini muzlatkichga qo‘ying.
- Qolgan tuxum oqi va sarig‘ini, sabzavot va pishloqni alohida-alohida qilib qirg‘ichdan chiqaring.
- Tovuq va qo‘ziqorinni uncha katta bo‘lmagan shaklda to‘g‘rang.
- Salat soladigan idishga kartoshkani bir qator qilib solib chiqing.
- Ustidan qo‘ziqorin, sabzi, pishloq va tuxum oqini soling.
- Har bir qavatdan avval mayonez surtishni unutmang.
- Salat ustini tuxum sarig‘i bilan bezang.
- Tayyor salatni 2-3 soatga muzlatkichga qo‘ying.
- Muzlatkichdan olishingizdan 15-20 daqiqa avval karamni blenderda aralashtiring va suv qo‘shing.
- Muzlatkichdagi tuxum oqini katta-katta to‘g‘rab, karamli aralashmaga qo‘shing.
- 10 daqiqadan keyin chovlidan o‘tkazing.
- Rang kirgan tuxum oqini salat ustiga sunbul ko‘rinishida taxlang.
- Ko‘k piyozni o‘rtasidan uzunasiga bo‘lib, sunbul tagiga poya va barg ko‘rinishiga keltiring.
- Tasma yasash uchun sabzidan foydalaning.
Mavzuga doir:
- O‘z qo‘lingiz bilan turkcha doner kabob tayyorlab ko‘ring
- Makaronga qiyma va qo‘ziqorin qo‘shib italyancha “timbal” pishirib ko‘ring
- Tovuq filesiga sabzavot va pishloq qo‘shib, tushlik uchun taom tayyorlaymiz
- Tushlikka o‘z qo‘lingiz bilan non kabob tayyorlang
- Kechki ovqatga uyg‘urcha beshbarmoq pishiring
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ozarbayjoncha qatiqli taom — dovg‘a pishirib ko‘ring
- Mazasi og‘izda eriydigan tovuqli lag‘mon pishiramiz
- Smetanali sousda qovoqcha va pomidor qo‘shib — paprikash tayyorlab ko‘ring
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept
Izoh (0)