Buxoro viloyati Vobkent tumanida ota 2 nafar farzandining 128 mln so‘m alimentini to‘lamay yurgani aniqlandi. Bu haqda bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S.ning 2 nafar voyaga yetmagan farzandiga 2011-yilda sud tomonidan moddiy taʼminot uchun uning sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.R dan aliment undirilishi to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan.

Shunga qaramasdan, ota farzandlari uchun aliment to‘lamasdan kelayotganligi maʼlum bo‘ldi. Ayol farzandlarining moddiy taʼminotga bo‘lgan huquqlarini tiklashda bolalar ombudsmanidan amaliy yordam so‘ragan.
Ombudsmanning so‘rovi asosida Majburiy ijro byurosi tomonidan Sh.R.ning amaldagi aliment qarzdorligi hisoblangan vaqtda to‘lov miqdori aniqlanib, otadan qarzdorlik bola manfaati yuzasidan 128 million so‘m undirilishi taʼminlandi.
Avvalroq andijonlik fuqaro farzandi uchun 10-yillik aliment to‘lovini, yaʼni 1,2 milliard so‘mdan ortiq pullarni oldindan to‘lab bergani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)