Gana prezidenti Jon Dramani Mahama mamlakat janubi-sharqiga tashrif buyurishni rejalashtirgan va 6-avgust kuni halokatga uchragan vertolyotda bo‘lishi lozim edi. Bu haqda Ghanaweb yangilik portali xabar qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari so‘nggi daqiqalarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar tufayli safarni bekor qilishga majbur bo‘lgan.
Gananing Ashanti viloyatida 6-avgust kuni harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
Vertolyot Adansi-Akrofuom tumani yaqinida radarlardan g‘oyib bo‘lgan. Qisqa vaqt ichida avariya-qutqaruv guruhlari halokat joyiga yetib borib, yonayotgan qismlarni aniqlagan. Amaldorlar foydali qazilmalarni qazib olish va malaka oshirishga qaratilgan dastur doirasida safarga chiqqan bo‘lgan.
Qurbonlar orasida mudofaa vaziri Edvard Oman Boama hamda atrof-muhit, fan va texnologiyalar vaziri Ibrohim Murtal Muhammad ham bor. Halok bo‘lganlar xotirasiga mamlakat bo‘ylab bayroqlar tushirilishi e’lon qilingan. Ayni paytda voqea yuzasidan favqulodda tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)