2025-yilning 1-avgustidan 31-avgustigacha Centrum Air aviakompaniyasi “Avgust sovg‘alari” aksiyasini o‘tkazadi — har kuni yo‘lovchilar o‘rtasida aviachiptalarga 5 ta promokod o‘ynaymiz.
Nima yutib olish mumkin?
Chipta tarifidan 100% chegirmaga ega promokod (aeroport yig‘imlari alohida to‘lanadi). Promokod 2025-yil 31-oktyabrgacha bo‘lgan parvozlar uchun amal qiladi.
Ishtirok etish shartlari:
(Aksiyada 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin)
Yutuqli o‘yin ishtirokchisi bo‘lish uchun quyidagi shartlarni bajarish zarur:
- Centrum Air rasmiy sayti orqali muntazam reysga chipta xarid qilish;
- O‘zbekiston shaharlaridan uchish (charter reyslar ishtirok etmaydi);
- Telegram va Instagramdagi rasmiy sahifalarga obuna bo‘lish.
G‘oliblar qanday aniqlanadi?
Har kuni shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 5 nafar g‘olib aniqlanadi. Yutuq egasi chiptani bron qilishda ko‘rsatilgan e-mail orqali belgilanadi.
Har kunlik yutuqli tanlovda faqatgina o‘sha kun davomida chipta rasmiylashtirgan yo‘lovchilar ishtirok etadilar. Avvalgi sanalarda amalga oshirilgan xaridlar kelgusi yutuqli tanlovlarda ishtirok etmaydi.
Natijalar qayerda e’lon qilinadi?
G‘oliblarning e-mail manzillari (shaxsiy ma’lumotlar to‘liq ochiqlanmagan holda) har kuni bizning Telegram kanalimizda e’lon qilinadi. G‘oliblarga chipta xarid qilish vaqtida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga xat yuboriladi.
Promokodni faollashtirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar ro‘yxati Telegram kanalimizdagi post ostiga biriktiriladi.
Centrum Air bilan yanada ko‘proq sayohat qiling!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)