Lukumni do‘kondan xarid qilishga hojat yo‘q, uni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- suv — 375 ml;
- meva sharbati — 250 ml;
- jo‘xori kraxmali — 140 gr;
- shakar — 200 gr;
- shakar kukuni — 1 osh qoshiq.
- suvga meva sharbati, 140 gr kraxmal va shakar qo‘shib aralashtiring;
- past olovda 15 daqiqa davomida aralashtirib turing;
- aralashmani suv bilan namlangan qoliplarga tekis qilib solib chiqing;
- xona haroratida bir yarim soat davomida quriting;
- qolgan 3 qoshiq kraxmalni shakar kukuni bilan aralashtiring;
- sovigan shirinlikni “kubik” shaklida kesib chiqing.
Izoh (0)