• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusdan ikkinchi to‘lqin, Tog‘li Qorabog‘ masalasi, Turkiyadagi zilzila. Oktabr oyi yakunlari

    Koronavirusning qayta xuruji, Qorabog‘dagi qonli urushlar, Belarus va Qirg‘izistondagi norozilik namoyishlari bilan o‘tgan oktabr oyi Turkiyadagi zilzila bilan yakunlandi. An’anaga muvofiq oy davomida yuz bergan eng muhim voqeliklarni esga olamiz.

    Mavzuga doir:

    • Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?
    • Chegara bilmas koronavirus, Idlibdagi mojaro, Oltinsoy voqealari, “Oskar”ni egallab olgan “Parazitlar”. Fevral nimalari bilan esda qoldi?
    • Karantindagi dunyo. O‘zbekistonda koronavirus qanday kutib olindi? Mart oyining yakunlari
    • Chekinishni istamayotgan COVID-19 va karantindan voz kechayotgan Yevropa. Aprel oyi yakunlari
    • Sardoba voqealari va tarqalishda davom etayotgan koronavirus. May oyi yakunlari
    • Koronavirusdan yangi raqamlar, So‘x voqealari, yomonlashayotgan Janubiy va Shimoliy Koreya aloqalari. Iyun oyi yakunlari
    • Koronavirusning hujumi, Avliyo Sofiyadagi ilk juma namozi va Putin bilan Furgal orasidagi mojaro. Iyul oyi yakunlari
    • Afg‘onistondagi terakt, Livan inqirozining “portlashi” va Belarusdagi muammoli saylov. Avgust oyi yakunlari
    • Koronavirus raqamlarining o‘sishi, Belarusdagi yashirin inauguratsiya, Qorabog‘da urush. Sentabr oyi yakunlari

    Koronavirus

    Oktabr oyida koronavirusning ikkinchi to‘lqini Yevropa Ittifoqida ancha xavotirli tus oldi. Shu sababdan ittifoqning aksariyat davlatlari qaytadan karantin joriy qildi. Jumladan, Germaniya, Fransiya qaytadan karantin joriy qilishga qaror qilgan bo‘lsa, Norvegiya, Chexiya, Sloveniya, Daniya va Ispaniyada bir qator cheklovlar joriy etildi. Fransuzlarga ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslik talabi qo‘yildi.

    Foto: EPA

    Rossiyada esa kasallikdan o‘lim holatlari rekord darajagacha o‘sishda davom etdi. Ukraina ham mamlakatda amal qilayotgan favqulodda holatni yana uzaytirishga qaror qildi. Daniyada 10 kishidan ortiq odamning bir joyda to‘planishi va soat 22:00 dan keyin alkogol sotish taqiqlandi.

    Lotin Amerikasida joylashgan Kolumbiya kasallikka chalinish holatlari soni milliondan oshgan 8-mamlakat bo‘ldi. Hozirgi kunda bunday ko‘rsatgich AQSh, Braziliya, Hindiston, Rossiya, Argentina, Ispaniya, Fransiyada qayd etilgan edi. Bu borada Kolumbiya Lotin Amerikasidagi uchinchi mamlakat bo‘ldi.

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5-oktabr kuni 35 milliondan, 11-oktabr kuni 37 million, 14-oktabr kuni 38 million, 19-oktabr kuni 40 million, 22-oktabr kuni  41 million, 24-oktabr kuni 42 million, 26-oktabrda esa 43 million kishidan oshdi. Ayni vaqtda butun dunyoda kasallikni yuqtirib olganlarning umumiy soni 45 milliondan oshdi. Ko‘rinib turganidek, bir oy davomida 10 million yangi holat aniqlandi. Kasallikdan vafot etganlar soni 1,2 millionga yaqin bo‘lib, tuzalganlar soni 33 milliondan oshiqni tashkil qilmoqda. Kasallikdan davolanayotganlar esa 11,2 millionni tashkil etadi.

    Shuningdek, oy oxirlarida olimlar kasallikning yangi turi aniqlangani haqida xabar berdi.  Virusning bu turi ayni paytda Yevropa mamlakatlarida keng tarqalmoqda. Olimlarning aniqlashicha, Yevropadagi pandemiyaning ikkinchi to‘lqini koronavirusning Ispaniya qishloq xo‘jaligi xodimlaridagi mutatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutatsiyaga uchragan koronavirus 20A.EU1 nomini oldi, uning tarqalishidagi asosiy rolni esa Ispaniyada ta’til o‘tkazib qaytgan odamlar o‘ynadi.

    Tog‘li Qorabog‘ – Janubiy Kavkazning poroxli bochkasi

    Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar tinchlikka erishish uchun qilingan uchta urinishga qaramasdan, 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10-oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo shu kuni keyinroq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.

    Foto: Sputnik

    19-oktabrda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan. Keyinroq Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da Rossiya uchun bevosita xavf soluvchi Suriya terrorchilik guruhlari jangarilari bo‘lganligi uchun Moskva u yerda aksilterrorchilik operatsiyalarini o‘tkazish uchun asosga ega ekanligini aytgan.

    Turkiya esa Boku iltimos qilsa, “ikkilanmasdan” Ozarbayjonga askarlarini jo‘natishi va harbiy ko‘mak berishini ma’lum qildi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarbayjon kuchlari egallagan bir qismida muvaqqat maxsus ma’muriyat tuzish haqida buyruq imzoladi.

    Sentabr oxirida nizo kuchayganidan buyon Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da ba’zi hududlarni egallab olgani haqida ko‘p marta bayonot bergan, ammo ularning hammasi ham Armaniston tomonidan tasdiqlanmagan edi. Xususan, Boku xabariga ko‘ra, u tan olinmagan respublika chegaralaridan janubdagi hududni (Eron bilan chegaradagi), shuningdek, Madagiz qishlog‘i joylashgan hududni egalladi.

    25-oktabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 25-oktabr kuni Zangilan, Jabroil va Kubatli tumanlarining bir qator qishloqlari, shuningdek, Kubatli shahri qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Keyinroq Armaniston Mudofaa vazirligi shahar egallanganini tan olgan edi. Buning ortidan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ga Rossiya tinchlikparvarlari kiritilishini yoqlab chiqdi. “Men Rossiya tinchlikparvarlari nizo hududiga kiritilishi tarafdoriman”, dedi Pashinyan. Ayni vaqtda u Rossiya tinchlikparvarlarining bu mintaqaga joylashtirilishini nizoning barcha tomonlari ma’qullashi kerakligini qo‘shimcha qildi.

    Oktabr o‘rtalarida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston va Ozarbayjon vakillari muhokama qilgan oxirgi kelishuvlar Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvarlarni kiritishni o‘z ichiga olishini aytgandi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ular “jangovar harakatlar qayta boshlanmasligini” kafolatlagan bo‘lar edi.

    Nikol Pashinyan.

    Nikol Pashinyan.
    Foto: Reuters

    O‘z navbatida, Armaniston tashqi ishlar vaziri Zoxrab Mnatsakanyan tinchlikparvarlarni kiritish masalasini “o‘ta muhim masalalardan biri”, deb atadi. Uning aytishicha, bu mintaqada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlashga va saqlashga yordam beradi.

    Belarusda hukumatga qarshi namoyishlar va umummilliy ish tashlash

    Avgust oyidan buyon davom etayotgan Belarusdagi norozilik namoyishlari oktabr oyida ham davom etdi. Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya Belarus xalqini dastlab qo‘zg‘olonga chaqirgan bo‘lsa, ortidan umummilliy ish tashlashga chaqirdi.

    Uning chaqiriqlari ortidan 26-oktabr kuni Belarusda umummilliy ish tashlash boshlandi. Ish tashlashga qator davlat tashkiloti xodimlari qo‘shilmoqda, masalan, “Grodno Azot”, Minsk traktor zavodi, Minsk elektrotexnika zavodi, Minsk g‘ildirakli tyagachlar zavodi, “Belorusneft”, deb yozadi Meduza.

    Ish tashlashga ko‘plab xususiy kompaniyalarning xodimlari kelib qo‘shildi. Ularning ayrimlari 26-oktabr kunini dam olish kuni deb e’lon qilgan, qolganlari muddatsiz ta’tilga chiqqan yoki texnik sabablarga ko‘ra, masalan, inventarizatsiya bo‘yicha yopilgan edi. Ular orasida tibbiyot markazlari, do‘konlar, barlar, kafelar, til maktablari, mashg‘ulot zallari, turfirmalar, go‘zallik salonlari va servis markazlari bor. Shuningdek, ish tashlashga MTS xodimlari ham kelib qo‘shilgan (tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ularni ishdan haydash bo‘yicha tahdidlar bo‘lgan).

    Belarusdagi oliy ta’lim muassasalari talablari bir nechta norozilik aksiyasini o‘tkazdi, OMON ularni qo‘lga olish ishlarini amalga oshirdi. Belarus milliy texnika universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti talabalari ikkala ta’lim dargohi joylashgan Minskdagi Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab marsh uyushtirdi. G‘alaba maydoni yaqinida namoyishchilarning bir qismini OMON xodimlari ushladi. Maxsus xizmat xodimlarining mikroavtobuslarini ko‘rgan ko‘plab talabalar qochib ketdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusdagi namoyish qatnashchilarini terrorizm yo‘liga o‘tganlikda aybladi.

    Foto: EPA

    Turkiyada zilzila

    30-oktabr kuni Turkiyaning Izmir shahri hamda Gretsiyaning orollaridan birida vayronaliklarga sabab bo‘lgan zilzila yuz berdi. Zilzila Egey dengizida, 16,5 km chuqurlikda yuz berdi. Turkiya OAVi va guvohlarning xabar berishicha, yer silkinishi mamlakat g‘arbidagi turli viloyatlarda va Istanbulda sezildi. Izmir merining bosh kotibi Bugra Go‘kchening ma’lum qilishicha, yer silkinishi Turkiya g‘arbida sezilarli vayronalarni keltirib chiqardi, shahardagi bir nechta uy buzildi.

    Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning ma’lum qilishicha, Izmirda oltita uy vayron bo‘ldi. AFP xabar berishicha, zilzila oqibatida jami 14 kishi halok bo‘ldi hamda 400 dan ortiq kishi jarohatlandi. Zilzila oqibatida yuzaga kelgan kichik sunami oqibatida Izmir shahrida suv toshqinlari yuz berdi.

    Voqea ortidan O‘zbekiston TIV Turkiyada yuz bergan zilzilada halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya yo‘lladi.

    31.10.2020, 22:36   Izoh (0)   40921
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiyaning Lion shahridagi grek cherkovi yaqinida otishma yuz berdi. Unda pravoslav ruhoniysi yaralandi

    31.10.2020, 22:15

    AQShda birinchi bor bir sutkada 100 mingdan ortiq odamda koronavirus qayd etildi

    31.10.2020, 21:35

    Rossiya qanday sharoitda Armanistonga yordam berishini ma’lum qildi

    31.10.2020, 20:33

    Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 28 kishiga yetdi

    31.10.2020, 19:34

    Nikol Pashinyan Putindan Rossiya Armanistonga qanday yordam ko‘rsatishini aniqlab olishni so‘radi

    31.10.2020, 18:54

    Italiya, Ispaniya va Polshada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik antirekordlar yangilandi

    31.10.2020, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.