Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

29-oktabrdan Fransiyada umumiy yakkalanish rejimi joriy etildi, u kamida 1-dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Fransiya aholisi uydan ishga, do‘konga, sayrga hamda tibbiy yordam olishga chiqishi mumkin. Ommaviy tadbirlar bekor qilinadi. Ko‘p sonli odamlar to‘planadigan joylar, xususan, bar va restoranlar yopiladi. Buning imkoniyati bo‘lgan barcha korxonalarda masofadan ishlash formati joriy etiladi. Universitetlar ham masofadan o‘qishga o‘tadi. Ammo bolalar bog‘chalari va maktablar ishlashda davom etadi.

“Maqsadimiz — kasallanish holatlarini kuniga 40 mingtadan 5 mingtagacha kamaytirish”, — dedi Makron.

So‘nggi bir kecha-kunduzda Fransiyada 36 437 ta COVID-19’ga chalinish holatlari qayd etilgan, 244 kishi vafot etgan. Pandemiya boshidan buyon mamlakatda 1 235 132 kishi kasallikni yuqtirgan, shulardan 35785 nafari vafot etgan.

Umumiy karantin Fransiyada bahorda ham joriy qilingan edi. O‘shanda cheklovlar qat’iyroq bo‘lgan, masalan, barcha ta’lim muassasalari ishlamagandi.

28-oktabr kuni shunga o‘xshash cheklov choralari haqida Germaniya ham ma’lum qildi. Ular 2-noyabrdan amal qilishni boshlaydi.

22-oktabr kuni Fransiyada COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalingan aholining soni milliondan oshgan va mamlakat bu borada Yevropaning ikkinchi davlatiga aylangan edi.

JSST avvalroq o‘tgan bir hafta ichida dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni bo‘yicha rekord daraja qayd etilganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)