Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada koronavirus qayd etilganlar soni 1 581 693 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Meduza. 29-oktabr kuni ertalab kasallikka chalinish bo‘yicha 17 717 ta yangi holat qayd etilgan.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Kunlik kasallanish bo‘yicha avvalgi rekord 26-oktabr kuni qayd etilgan, shu kuni 17 347 kishida COVID-19 aniqlangandi.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskva ( +4906 kishi), Sankt-Peterburg (+758) va Moskva viloyatida (+514) qayd etilgan.

“Rospotrebnadzor” epidemiologi Aleksandr Gorelovning fikricha, Rossiyada kasallanganlar sonining ortishi yana 2-3 hafta davom etadi. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi virusologi Viktor Zuyev esa mamlakatda epidemiologik vaziyat 2021-yil yozida barqarorlashadi, degan fikrda.

Sutka davomida COVID-19 bemorlarining 366 nafari vafot etgan. Shunday qilib, Rossiyada uch kundan buyon koronavirusdan vafot etish bo‘yicha rekord qayd etilmoqda. Bundan bir kun avval 346 kishi vafot etgani xabar berilgandi.

Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri COVID-19’dan 27 301 kishi vafot etgan. Sog‘ayganlar soni esa 1 186 041 nafarni tashkil etmoqda, shu jumladan, bemorlarning 14 740 nafari so‘nggi bir kecha-kunduzda tuzalib, kasalxonadan javob berilgan.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi 24 soat davomida 553 mingta, umumiy hisobda esa 59,2 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)