Daryo

Chexiyada komendantlik soati joriy etiladi

Yevropa OAVlarining ma’lum qilishicha, COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha boshqa choralar kutilgan natijalarni bermagan

1 daqiqa o‘qish33 144 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Chexiya hukumati butun mamlakat bo‘ylab har kuni soat 21:00 dan ertalab 5:00 gacha komendantlik soati joriy qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”. Yevropa OAVlarining ma’lum qilishicha, COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha boshqa choralar kutilgan natijalarni bermagan.

Foto: Getty Images

Mamlakatda avval ham virusni oldini olish uchun maxsus xavfsizlik choralari joriy etilgan, lekin hukumat ularning samara bermaganini tan olgan va 28-oktabrdan boshlab komendantlik soati joriy qilishga qaror qilgan. Chexiyada jami 163 mingga yaqin bemor COVID-19’dan davolanmoqda.

Bundan tashqari, 5,6 mingdan ortiq kishi kasalxonaga yotqizilgan va ularning 800 nafari og‘ir ahvolda. Chexiyada pandemiya boshlanganidan beri 2365 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi.

Chexiyada 5-oktabrdan COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sababli 30 kunga favqulodda holat rejimi joriy qilingandi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiyaning yuqori darajasi bir-ikki hafta davomida saqlanib qoladi va keyinchalik qat’iy cheklov choralari tufayli kamayadi, deb hisoblaydi. Mutaxassislarning fikricha, agar chora-tadbirlar natija bermasa, oy oxiriga borib kasallanganlar soni chorak millionga yetishi mumkin. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar