AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinni 2026-yilgi futbol jahon chempionatiga, jumladan Qo‘shma Shtatlarda o‘tkaziladigan final bosqichiga taklif etishi mumkinligini bildirdi. Amerikalik siyosatchi bu bayonotni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uchrashuv YouTube’da jonli efirda namoyish etildi.

Oq uy rahbari jurnalistlarga Alyaskada yaqinda bo‘lib o‘tgan sammitda rossiyalik hamkasbi bilan tushgan rasmini ko‘rsatgan va Putin jahon chempionatiga kelishini aytgan.
“U voqealarning rivojiga qarab kelishi yoki kelmasligi mumkin”, dedi Tramp va “keyingi bir-ikki hafta ichida ko‘plab voqealar sodir bo‘lishi kutilayotganini” qo‘shimcha qilgan.
2026-yilgi jahon chempionati uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi. Musobaqada 48 ta milliy terma jamoa 4 tadan jamoadan iborat 12 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Jahon chempionatining pley-off bosqichiga dastlabki ikki o‘rinni egallagan ishtirokchilar, shuningdek, uchinchi o‘rinda turgan eng yaxshi sakkizta jamoa yo‘l oladi. Bundan tashqari, 2026-yilgi jahon chempionatida yangi bosqich — 1/16 final qo‘shiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi. Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahs olib bordi va o‘yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ushbu natija “oq bo‘rilar”ga mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ldi.
Izoh (0)