Daryo

Norvegiyada karantin choralari kuchaytiriladi

28-oktabrdan norvegiyaliklarga besh nafardan ortiq mehmon chaqirish taqiqlandi, jamoatchilik joylariga tashrif buyuruvchilar soni esa 50 kishidan oshmasligi kerak

1 daqiqa o‘qish23 860 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sinxua”

Norvegiyada koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat chuqurlashishi tufayli karantin choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Foto: Sinxua

Yevroittifoq tomonidan qizil hududga kiritilgan Yevropa davlatlarining Norvegiyada ishlayotgan fuqarolari 31-oktabrdan keyin Norvegiyaga keladigan bo‘lsa, o‘n kunlik karantindan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, 28-oktabrdan norvegiyaliklarga besh nafardan ortiq mehmon chaqirish taqiqlandi, jamoat joylariga tashrif buyuruvchilar soni esa 50 kishidan oshmasligi kerak. Bungacha ushbu limit 200 kishidan iborat edi.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 43 million kishidan oshdi. Kasallikka chalinish holatlari bo‘yicha AQSh hamon yetakchilik qilmoqda — mamlakatda 8,63 million kishida COVID-19 tasdiqlangan. Hindiston 7,90 million ko‘rsatkich bilan ikkinchi, Braziliya esa  5,39 million ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda. Undan keyingi pog‘onalarni Rossiya (1,52 million) va Fransiya (1,18 million) egallagan.

Avvalroq Norvegiyada koronavirusning mutatsiyalashgan noma’lum shakli aniqlangani xabar berilgan edi.

Shuningdek, Norvegiya hukumati o‘z fuqarolariga koronavirusga qarshi vaksinani bepul tarqatishini ma’lum qildi.

28-oktabrdan boshlab Rossiyada ham koronavirusga qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar