Daryo

Sloveniyada koronavirus sababli odamlarning shaharlararo harakati taqiqlandi

Aholisi ikki million kishini tashkil qiladigan Sloveniyada 26-oktabr kuni koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1130 ta yangi holat aniqlangan

1 daqiqa o‘qish21 774 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “24ur.com”

Sloveniya hukumati koronavirus tarqalishi sababli fuqarolarga o‘zlari yashaydigan hududni tark etishni taqiqladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “24ur.com”

Fuqarolar o‘zlari yashaydigan shaharlardan faqat ish bo‘yicha yoki oilaning keksa a’zolariga qarash uchun, shuningdek, tibbiy asos mavjud bo‘lganda chiqishi mumkin.

Cheklovlar 27-oktabrdan kuchga kiradi va kamida bir hafta amal qiladi.

Aholisi ikki million kishini tashkil qiladigan Sloveniyada 26-oktabr kuni koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 1130 ta yangi holat aniqlangan, o‘tkazilgan testlarning 30 foizi ijobiy natija bilan chiqqan.

Bunga qadar mamlakatda ketma-ket besh kun davomida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kuniga 1500 tadan ortiq yangi holat aniqlangan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar