Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan ikki nafar tojikistonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda ASIA Plus nashri xabar qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, yuk xaltalarida isiriq bo‘lgan ayollar uni shaxsiy va tibbiy maqsadlarda davlatga olib kirmoqchi bo‘lgan, ammo ular aeroportda qo‘lga olinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ayollardan biriga Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi yaʼni giyohvand moddalarni sotish maqsadini ko‘zlamay saqlash, tashish, ishlab chiqarish va qayta ishlash hamda 229.1-moddasi 3-qismi, yaʼni tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni Rossiya bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tish bilan ayblov qo‘yilgan.
Tergov yakunlangach, ish sudga o‘tkazilgan va ayolga 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Ikkinchi ushlangan ayol haqida maʼlumot berilmagan.
Tojikiston Bosh prokuraturasi fuqarolarni Rossiyaga isiriq olib o‘tmaslik va bu davlat hududida undan foydalanmaslik zarurligi, bu jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantirgan.
Izoh (0)