O‘zbekistonda 1-iyul soat 23:30 dan 2-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 297 ta holat qayd etildi. Bu kunlik yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 30-iyun kuni 281 kishida kasallik aniqlanishi eng yuqori natija edi. O‘zbekistonda ketma-ket 10-kun kunlik kasallanganlar soni 200 nafardan ko‘p bo‘lmoqda. Koronavirusga chalinganlar soni 8000 nafardan 9000 nafarga yetishi uchun 4 kun kerak bo‘ldi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 9078 nafarga yetdi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Yangi kasallanish holatlari

Yangi kasallanganlarning

  • 183 nafari karantin muassasalarida;
  • 113 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 67 nafar, Jizzax viloyatida — 27 nafar, Toshkent viloyatida — 11 nafar, Namangan viloyatida — 6 nafar, Sirdaryo viloyatida — 2 nafar);
  • 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida) aniqlangan.

Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 5 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bir kun ichida aholi orasida aniqlangan holatlar soni 113 tani tashkil etdi. Bu 7-iyundan keyingi eng katta ko‘rsatkich. 7-iyunda aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 237 tasidan 217 tasi aholi orasida qayd etilgandi. Undan so‘ng aholi orasidagi holatlar biron marta ham 100 taga yetmagandi. 7-iyundan keyingi eng yuqori natija 8-iyunda qayd etilgan va o‘sha kuni aholi orasida 66 kishida kasallik aniqlangandi.

Toshkent shahrida bir kun ichida 115 ta yangi holat qayd etildi. Ulardan 67 tasi aholi orasida, 48 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Poytaxtda 7-iyundan beri birinchi marta bir kunlik yangi kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi. 7-iyun kuni poytaxtda 195 ta yangi holat qayd etilgandi. O‘shanda kasallanganlarning 183 nafari bitta kompaniya ishchilari edi. Toshkentda 4-iyundan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida kasallik aniqlanadi.

Jizzax viloyatida bir kun ichida 33 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda kasallanganlarning umumiy soni 4,3 baravarga ko‘paydi — 10 dan 43 nafarga. Yangi holatlarning 6 tasi karantindagilar orasida, 27 tasi aholi orasida aniqlandi. 25-iyun kuni Jizzaxga koronavirus qaytgan va shu kuni er-xotinda kasallik aniqlangandi. Ularning ikkisi ham kasallik aniqlanishidan bir necha kun o‘tib vafot etdi. 29-iyun kuni yana 5 kishida kasallik aniqlangandi. 2-iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. Koronavirus aniqlangan “Qaliya”, “Bunyodkor”, “Zilol” va “Madaniyat” mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi.

Toshkent viloyatida aniqlangan 24 ta holatdan 12 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 11 tasi aholi orasida va 1 tasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida qayd etildi. Viloyat aholi orasida eng ko‘p kasallik aniqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatida 17-iyundan 2-iyulgacha faqat 29-iyun va 1-iyul kuni aholi orasida kasallik qayd etilmagan.

Sirdaryo viloyatida qayd etilgan 8 ta holatning 6 tasi karantindagilar orasida, 2 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 1-iyul kuni ham 18 ta kasallanish holati (5 tasi aholi orasida) qayd etilgandi. Sirdaryoda iyun oyida  1101421232627 va 28-iyun kunlari ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

Namangan viloyatida 7 ta yangi holat aniqlandi. Ulardan 6 tasi aholi orasida, 1 tasi karantindagilar orasida qayd etildi. Viloyatda 25-iyundan buyon yangi holat aniqlanmayotgandi. Namanganda oxirgi marta 23-iyun kuni aholi orasida kasallanish holati (3 ta) qayd etilgandi. Namanganda kasallik aniqlangan bemorlar soni 300 nafardan oshdi.

Navoiy viloyatida aniqlangan 6 ta holatning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etilgan. Navoiyda 11-iyun kuni aholi orasida 18 ta kasallanish holati qayd etilganidan so‘ng viloyatda aniqlanayotgan yangi holatlar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etilmoqda. 15-iyunda 5, 18-iyunda 6, 19-iyunda 4, 24-iyunda 5 va 27-iyunda 3 kishida kasallik aniqlangandi.

Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan 3 ta holatning barchasi karantinga olinganlar orasida aniqlandi5-iyunda viloyatga koronavirus qaytganidan so‘ng, asosan karantindagilar orasida kasallik qayd etilmoqda. 5-iyundan 2-iyulgacha Qashqadaryoda qayd etilgan 195 ta holatdan 185 tasi karantindagilar orasida, 10 tasi aholi orasida aniqlangan. Hozirda viloyatda kasallanganlarning umumiy soni 200 nafardan oshdi. G‘uzorlik hamshira “Daryo” muxbiri bilan suhbatda koronavirusdan vafot etgan qashqadaryolik erkakni davolagan bo‘lim xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganidan va bu kasallar soni oshishiga olib kelishi mumkinligidan tashvish bildirdi.

Kasallikdan davolanish

2-iyul davomida tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 130 nafari Toshkent shahrida, 45 nafari Qashqadaryo viloyatida va 12 nafari Navoiy viloyatidagi shifoxonalardan tuzalib chiqdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich 29-iyundan buyon o‘zgarmayapti.

17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi23-iyunda ularning soni 2000 nafardan, 28-iyunda 2500 nafardan, 2-iyulga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 3000 nafardan oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 3017 nafar bemordan 2664 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 353 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

Qoraqalpog‘istonda 9, Namanganda 20, Xorazmda 23, Buxoroda 25, Andijonda 28, Surxondaryoda 32, Jizzaxda 33, Navoiyda 37, Samarqandda 60 va Qashqadaryoda 82 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi. Jizzax viloyatidagi kasallar soni bir kun ichida 10 nafardan 43 nafarga ko‘paygach, viloyatda davolanish ko‘rsatkichi 7 foizga tushib ketdi. Qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori. Jizzax bir kun oldin ham kasalxonalarda eng kam bemor qolgan hudud bo‘lib turgandi.

O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

O‘zbekistonda 5 kun ichida birinchi barta yangi o‘lim holati haqida xabar berilmadi. SSV 4 kun davomida (28-iyundan 1-iyulgacha) 7 kishining o‘limi haqida ma’lumot bergandi. SSV koronavirusdan yuz bergan o‘lim holatlarini har doim ham o‘sha kundayoq bermaydi. 20-bemorning o‘limi 5 kun o‘tib, 21-bemorning o‘limi 2 kun o‘tib e’lon qilingandi. G‘uzorlik 64 yoshli erkakning  o‘limi ham 2 kun o‘tib e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu Qashqadaryoda koronavirusdan qayd etilgan ilk o‘lim holati bo‘ldi. Aslida Qashqadaryodagi ilk o‘lim holati ancha ilgari sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kitob tumani hokimligi 31-mayda o‘limi qayd etilgan fuqaro koronavirusdan vafot etganini 17-iyun kuni ma’lum qilgandi. Ammo Kitobda vafot etgan fuqaroni Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etganlar ro‘yxatiga kiritmagan.

O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus asoratlaridan 27 kishi vafot etgani SSV tomonidan tasdiqlangan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 18, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 7 nafarni tashkil etayotgandi.

Karantindagilar

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 39 076 nafar, statsionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 1235 nafarga kamaygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 146 nafarga ko‘paydi. Uy karantinidagi fuqarolar soni 27-iyundan beri birinchi marta 40 mingdan kamaydi.