O‘zbekistonda 2020-yil 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 92 kishiga ko‘payib, 8996 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 77 nafari Toshkent shahrida (shundan 30 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 47 nafari aholi orasida),
  • 4 nafari Toshkent viloyatida (barchasi aholi orasida),
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida),
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (65 foiz) sog‘aygan. 15-mart, ya’ni O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirda mamlakatda 3122 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.