• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 113 tasi aholi orasida qayd etildi

    O‘zbekistonda 1-iyul soat 23:30 dan 2-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 297 ta holat qayd etildi. Bu kunlik yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 30-iyun kuni 281 kishida kasallik aniqlanishi eng yuqori natija edi. O‘zbekistonda ketma-ket 10-kun kunlik kasallanganlar soni 200 nafardan ko‘p bo‘lmoqda. Koronavirusga chalinganlar soni 8000 nafardan 9000 nafarga yetishi uchun 4 kun kerak bo‘ldi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 9078 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 183 nafari karantin muassasalarida;
    • 113 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 67 nafar, Jizzax viloyatida — 27 nafar, Toshkent viloyatida — 11 nafar, Namangan viloyatida — 6 nafar, Sirdaryo viloyatida — 2 nafar);
    • 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida) aniqlangan.
    Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 5 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Bir kun ichida aholi orasida aniqlangan holatlar soni 113 tani tashkil etdi. Bu 7-iyundan keyingi eng katta ko‘rsatkich. 7-iyunda aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 237 tasidan 217 tasi aholi orasida qayd etilgandi. Undan so‘ng aholi orasidagi holatlar biron marta ham 100 taga yetmagandi. 7-iyundan keyingi eng yuqori natija 8-iyunda qayd etilgan va o‘sha kuni aholi orasida 66 kishida kasallik aniqlangandi.

    Toshkent shahrida bir kun ichida 115 ta yangi holat qayd etildi. Ulardan 67 tasi aholi orasida, 48 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlandi. Poytaxtda 7-iyundan beri birinchi marta bir kunlik yangi kasallanganlar soni 100 nafardan oshdi. 7-iyun kuni poytaxtda 195 ta yangi holat qayd etilgandi. O‘shanda kasallanganlarning 183 nafari bitta kompaniya ishchilari edi. Toshkentda 4-iyundan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida kasallik aniqlanadi.

    Jizzax viloyatida bir kun ichida 33 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda kasallanganlarning umumiy soni 4,3 baravarga ko‘paydi — 10 dan 43 nafarga. Yangi holatlarning 6 tasi karantindagilar orasida, 27 tasi aholi orasida aniqlandi. 25-iyun kuni Jizzaxga koronavirus qaytgan va shu kuni er-xotinda kasallik aniqlangandi. Ularning ikkisi ham kasallik aniqlanishidan bir necha kun o‘tib vafot etdi. 29-iyun kuni yana 5 kishida kasallik aniqlangandi. 2-iyuldan boshlab Jizzax shahriga kirish va chiqish qattiq nazoratga olindi. Koronavirus aniqlangan “Qaliya”, “Bunyodkor”, “Zilol” va “Madaniyat” mahallalari hududlariga kirib-chiqish to‘xtatildi.

    Toshkent viloyatida aniqlangan 24 ta holatdan 12 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 11 tasi aholi orasida va 1 tasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida qayd etildi. Viloyat aholi orasida eng ko‘p kasallik aniqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. Toshkent viloyatida 17-iyundan 2-iyulgacha faqat 29-iyun va 1-iyul kuni aholi orasida kasallik qayd etilmagan.

    Sirdaryo viloyatida qayd etilgan 8 ta holatning 6 tasi karantindagilar orasida, 2 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 1-iyul kuni ham 18 ta kasallanish holati (5 tasi aholi orasida) qayd etilgandi. Sirdaryoda iyun oyida  1, 10, 14, 21, 23, 26, 27 va 28-iyun kunlari ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

    Namangan viloyatida 7 ta yangi holat aniqlandi. Ulardan 6 tasi aholi orasida, 1 tasi karantindagilar orasida qayd etildi. Viloyatda 25-iyundan buyon yangi holat aniqlanmayotgandi. Namanganda oxirgi marta 23-iyun kuni aholi orasida kasallanish holati (3 ta) qayd etilgandi. Namanganda kasallik aniqlangan bemorlar soni 300 nafardan oshdi.

    Navoiy viloyatida aniqlangan 6 ta holatning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etilgan. Navoiyda 11-iyun kuni aholi orasida 18 ta kasallanish holati qayd etilganidan so‘ng viloyatda aniqlanayotgan yangi holatlar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida qayd etilmoqda. 15-iyunda 5, 18-iyunda 6, 19-iyunda 4, 24-iyunda 5 va 27-iyunda 3 kishida kasallik aniqlangandi.

    Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan 3 ta holatning barchasi karantinga olinganlar orasida aniqlandi. 5-iyunda viloyatga koronavirus qaytganidan so‘ng, asosan karantindagilar orasida kasallik qayd etilmoqda. 5-iyundan 2-iyulgacha Qashqadaryoda qayd etilgan 195 ta holatdan 185 tasi karantindagilar orasida, 10 tasi aholi orasida aniqlangan. Hozirda viloyatda kasallanganlarning umumiy soni 200 nafardan oshdi. G‘uzorlik hamshira “Daryo” muxbiri bilan suhbatda koronavirusdan vafot etgan qashqadaryolik erkakni davolagan bo‘lim xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganidan va bu kasallar soni oshishiga olib kelishi mumkinligidan tashvish bildirdi.

    Kasallikdan davolanish

    2-iyul davomida tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 130 nafari Toshkent shahrida, 45 nafari Qashqadaryo viloyatida va 12 nafari Navoiy viloyatidagi shifoxonalardan tuzalib chiqdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich 29-iyundan buyon o‘zgarmayapti.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan, 28-iyunda 2500 nafardan, 2-iyulga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 3000 nafardan oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 3017 nafar bemordan 2664 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 353 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Qoraqalpog‘istonda 9, Namanganda 20, Xorazmda 23, Buxoroda 25, Andijonda 28, Surxondaryoda 32, Jizzaxda 33, Navoiyda 37, Samarqandda 60 va Qashqadaryoda 82 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi. Jizzax viloyatidagi kasallar soni bir kun ichida 10 nafardan 43 nafarga ko‘paygach, viloyatda davolanish ko‘rsatkichi 7 foizga tushib ketdi. Qolgan barcha hududlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori. Jizzax bir kun oldin ham kasalxonalarda eng kam bemor qolgan hudud bo‘lib turgandi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    O‘zbekistonda 5 kun ichida birinchi barta yangi o‘lim holati haqida xabar berilmadi. SSV 4 kun davomida (28-iyundan 1-iyulgacha) 7 kishining o‘limi haqida ma’lumot bergandi. SSV koronavirusdan yuz bergan o‘lim holatlarini har doim ham o‘sha kundayoq bermaydi. 20-bemorning o‘limi 5 kun o‘tib, 21-bemorning o‘limi 2 kun o‘tib e’lon qilingandi. G‘uzorlik 64 yoshli erkakning  o‘limi ham 2 kun o‘tib e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu Qashqadaryoda koronavirusdan qayd etilgan ilk o‘lim holati bo‘ldi. Aslida Qashqadaryodagi ilk o‘lim holati ancha ilgari sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kitob tumani hokimligi 31-mayda o‘limi qayd etilgan fuqaro koronavirusdan vafot etganini 17-iyun kuni ma’lum qilgandi. Ammo Kitobda vafot etgan fuqaroni Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etganlar ro‘yxatiga kiritmagan.

    O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus asoratlaridan 27 kishi vafot etgani SSV tomonidan tasdiqlangan.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 18, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 7 nafarni tashkil etayotgandi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 39 076 nafar, statsionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 1235 nafarga kamaygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 146 nafarga ko‘paydi. Uy karantinidagi fuqarolar soni 27-iyundan beri birinchi marta 40 mingdan kamaydi.

    02.07.2020, 23:59   Izoh (0)   145047
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 82 nafar odamda koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 9000 nafardan oshdi

    02.07.2020, 23:55

    “Qo‘qon superfosfat zavodi”ni modernizatsiya qilishga 25 mln dollar sarmoya kiritiladi

    02.07.2020, 23:46

    O‘zbekistonda aholi tomorqalariga oid yangi qaror imzolandi

    02.07.2020, 23:34

    Toshkentda 130 nafar, Navoiyda 12 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 6000 nafardan oshdi

    02.07.2020, 23:22

    O‘zbekistonda qator korxonalarga eksklyuziv imtiyozlar berish huquqi bekor qilinishi mumkin

    02.07.2020, 22:45

    Qashqadaryoda 45 nafar bemor sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlarning umumiy soni 5900 nafarga yaqinlashdi

    02.07.2020, 22:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.