O‘zbekistonda 2020-yil 2-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 82 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, kasallanganlarning umumiy soni 9078 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 33 tasi Jizzax viloyatida (shundan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 27 tasi esa aholi orasida);
  • 26 tasi Toshkent shahrida (shundan 6 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 tasi aholi orasida);
  • 17 tasi Toshkent viloyatida (shundan 12 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 tasi aholi orasida, bittasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi);
  • 6 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avval Navoiyda tibbiyot xodimlarining koronavirusga chalinganini viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasdiqlagan, biroq soat 10:00 hamda soat 17:00 da berilgan SSV axborotlarida bu haqda ma’lumot berilmagandi.

Avval O‘zbekistonda 2020-yil 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 92 kishiga ko‘payib, 8996 nafarni tashkil qilgani haqida xabar berilgandi. Kun davomida jami 297 nafar odam koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemorning 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

2-iyul kun davomida jami 187 nafar bemor (Qashqadaryoda 45 nafarToshkent shahri va viloyatida 130 nafar, Navoiyda 12 nafar) koronavirusdan tuzaldi va sog‘ayganlarning umumiy soni 6034 nafarga (66 foiz) yetdi.

15-martda, ya’ni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat qayd etilganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.