So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda 17-iyun kuni 189 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rtta hududda aholi orasida kasallik qayd etildi

    17.06.2020, 23:51 164315

    O‘zbekistonda 16-iyun soat 23:00 dan 17-iyun soat 23:00 ga qadar 189 kishida koronavirus aniqlandi. Bu bir kunda eng ko‘p kasallik aniqlanishi bo‘yicha uchinchi natija. 7-iyunda 237 kishida, 16-iyunda 230 kishida koronavirus aniqlangandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5682 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 169 nafari karantin muassasalarida
    • 13 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 5 nafar, Buxoro viloyatida — 3 nafar, Toshkent viloyatida — 3 nafar, Surxondaryo viloyatida — 2 nafar)
    • 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (ularning barchasi Toshkent viloyatida) aniqlangan.
    Kun davomida beshta hududda kasallik aniqlandi. Ushbu hududlarning to‘rttasida aholi orasida kasallikka chalinish holatlari qayd etildi.

    Aholi orasida eng ko‘p kasallanish holati yana Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda besh kishida koronavirus aniqlangan. 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasidagi departament mudirlaridan birida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgandi. Hozirda hukumat binosi qat’iy karantinga olingan.

    Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni oshgani sabab 17-iyun kuni “Malika” savdo markazi, Yunusobod dehqon bozori va Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” savdo kompleksi faoliyati to‘xtatildi. Bir kun avval “Malika” savdo markazi sotuvchisida koronavirus aniqlangandi. Shahardagi 71 ta mahalla “qizil” hudud sifatida belgilandi (ularning ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishib olishingiz mumkin). Bir hafta avval Toshkentdagi 42 ta mahalla “qizil” edi.

    Buxoro viloyatida 8 ta yangi holat qayd etilgan bo‘lib, ularning 3 tasi aholi orasida aniqlandi. Bungacha Buxoroda 10-iyun, 12-iyun, 14-iyun va 16-iyunda ham aholi orasida koronavirus aniqlangandi.

    Surxondaryo viloyatida 6 ta yangi holat qayd etilib, ulardan 2 tasi aholi orasida aniqlandi. Surxondaryoga 14-iyun kuni koronavirus qaytgandi. Viloyatdagi tashkilotlardan birining xodimi Toshkent shahrida xizmat safaridan qaytgach hamkasblariga kasallikni yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi. U bemor bilan muloqotda bo‘lgan 300 dan ortiq odam karantinga olingandi. Bundan tashqari, 16-iyundan boshlab Termiz shahriga kirib-chiqish vaqtincha to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Muzrabot tumanidagi to‘yda belgilangan karantin qoidalariga rioya qilinmagani oqibatida 250 nafardan ortiq fuqaro karantinga olingan.

    Toshkent viloyatida xalqaro yuk mashinasi haydovchilari orasida 7 ta, aholi orasida 3 ta holat qayd etildi.

    Samarqand viloyatida qayd etilgan 5 ta holatning bari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Avvalroq Samarqand tumanida aza marosimi chog‘ida koronavirus yuqishi qayd etilgani ma’lum bo‘lgandi.

    Kasallikdan davolanish

    17-iyun kuni 35 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 31 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5682 nafar bemordan 4131 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda. 13-iyun kuni bu boradagi ko‘rsatkich 78 foizgacha ham chiqqandi. Ammo so‘nggi kunlarda yangi kasallanganlar soni sog‘ayganlar sonidan bir necha barobar ko‘p bo‘lmoqda. Misol uchun, 15-iyun kuni yangi kasallanganlar sog‘ayganlardan deyarli 2,5 barobar, 16-iyun kuni 3 barobar, 17-iyunda esa deyarli 5,5 barobar ko‘p bo‘ldi.

    Koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni O‘zbekistonda birinchi marta 1500 nafardan oshib ketdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 1532 nafar bemordan 1203 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 329 nafar bemor mamlakatning 9 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Qoraqalpog‘istonda 6, Andijonda 7, Surxondaryoda 15, Namanganda 21, Samarqandda 23, Xorazmda 24, Buxoroda 27, Navoiyda 51 va Qashqadaryoda 155 nafar bemor qoldi. Jizzax va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi.

    Ahvoli og‘ir bemorlar

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1532 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Bir sutka avval ahvoli og‘ir bemorlar soni 13 nafarni tashkil etayotgandi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 28 636 nafar, statsionar karantinda esa 22 055 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 742 nafarga kamaygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 690 nafarga ko‘paydi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?