• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    G‘uzorlik hamshira koronavirusdan vafot etgan bemorni davolagan bo‘lim xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganidan tashvishlanmoqda

    Koronavirusdan vafot etgan qashqadaryolik 27-bemor davolangan bo‘limda faoliyat yurituvchi hamshira tumandoshlari taqdiridan xavotirga tushayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan hamshiraning aytishicha, bemor davolangan bo‘lim shifokor va hamshiralarining ayrimlari TTB qoshidagi Markaziy poliklinikada ajratilgan ikkita xonada bugungi kunda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

    “Koronavirusdan vafot etgan bemor davolangan bo‘limda ishlaganlarning 50 dan ortig‘i va 100 nafarga yaqini bo‘limda karantinga olindi. Qolganlar esa uy sharoitida o‘zini yakkalash tartibiga o‘tdik. Ammo hamma uy karantiniga o‘tdi deb bo‘lmaydi. Biz bilan 29-iyun kuni o‘sha bo‘limda ishlagan shifokor va hamshiralarning ayrimlari bugungi kunda Markaziy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda”, — deydi shaxsini ochiqlasa, bosim o‘tkazilishidan qo‘rqqan hamshira.

    G‘uzorlik hamshiraning aytishicha, bemor vafot etgan kun — 29-iyunda shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida ishda bo‘lgan, bemorni davolagan shifokor va hamshiralar bilan muloqotga kirishgan Oktabr Nurxonov, hamshiralar Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonova tuman tibbiyot birlashmasida shoshilinch tez tibbiy yordam bemorlari uchun tashkil etilgan xonada aholiga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.

    “Yuqorida tilga olingan tibbiyot xodimlari kasallikni yuqtirgan degan fikrdan yiroqman. Ammo ular ham biz kabi bemorni davolagan shifokor va hamshiralar bilan muloqotda bo‘lgan. Yuqtirib olgan bo‘lish ehtimoli yo‘q emas, albatta. Shuni bila turib, tumandoshlarimiz hayotini xavf ostiga qo‘yishlari shartmi? Rahbarlar nega bunga jim qaramoqda. Tumanda boshqa mutaxassis yo‘qmi yoki?”, — deydi suhbatdosh hamshira.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan hamshiraning ma’lumot berishicha, shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi joylashgan binoda bolalar bo‘limi, terapiya, rejali jarrohlik, jonlantirish va qabul bo‘limlari ham joylashgan.

    “Tumanimizda tibbiyot xodimlari yetarli darajada. Shunday ekan, xalq sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymay, o‘sha kuni bu bo‘limda bo‘lmagan tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilishsa bo‘ladi-ku. Men tibbiyot xodimi sifatida o‘sha shifokorlarga ko‘rinmaslikni maslahat berishim mumkindir, ammo hech narsadan xabari bo‘lmay shifokor ko‘rigiga boradigan odamlar qancha-qanchani tashkil etadi. Bu odamlar taqdiri bilan o‘ynashishdan boshqa narsa emas”, — deydi hamshira.

    Suhbatdosh hamshiraning fikricha, bu kabi e’tiborsizlikka tuman hokimi va tuman tibbiyot birlashmasining bosh shifokori aybdor.

    “Hokim qayerga qarayapti, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akrom Berdiyev-chi?”, — deydi tibbiyot xodimi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi tibbiyot xodimi videomurojaat bilan chiqdi.

    “28-iyun kuni Eskibog‘dan Hazratqul Sobirov ismli koronavirusga chalingan bemorni olib kelishdi. Tez yordam haydovchilari isitmasi baland bemorni nega yuqumli kasalliklar shifoxonasiga emas, aynan bizning bo‘limga olib kelishganiga hayronmiz. Shundan so‘ng bemor vafot etdi. Vafot etgandan so‘ng ham uning murdasini hech kim bo‘limdan olib chiqmadi. Kechasi soat ikkilarda biz o‘zimiz marhumni yaqinlariga jo‘natdik. Hamma tibbiyot xodimlari, hattoki ma’muriyat o‘zini olib qochdi. Murda 15 soat shifoxonaning ichida turdi. Hamshiralar bilan bir amallab o‘zimiz bemorni olib chiqdik”, — deydi videomurojaat qilgan tibbiyot xodimi.

    Videomurojaatda aytilishicha, marhumning turmush o‘rtog‘ining ham ahvoli og‘irlashgani bois, Qarshi shahriga olib ketilgan. Akasi esa tumanda davolanmoqda.

    Videomurojaat muallifi, shuningdek, karantinga olingan bo‘lim dezinfeksiya qilinmayotganini, antiseptik vositalar va oziq-ovqat yetishmasligini, bir martalik tibbiyot kiyimlari almashtirilmayotganidan shikoyat qiladi.

    Murojaatchi, shuningdek, virus o‘chog‘ida ishlayotgani uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ haqida ham so‘z yuritadi. Mazkur videomurojaatga Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha munosabat bildirmadi.

    02.07.2020, 21:20   Izoh (0)   60502
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 33 yoshli ayolning surat va videolarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    02.07.2020, 21:08

    Jahon banki ishtirokida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

    02.07.2020, 20:43

    Video: Asakada 25 yoshli yigit tengdoshini pichoqladi. Mojaro bir qiz tufayli yuz bergan

    02.07.2020, 20:10

    Respublika maxsus komissiyasi Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar masalasini o‘rganmoqda

    02.07.2020, 19:53

    Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari 14 kunga yopiladi

    02.07.2020, 19:20

    O‘zbekiston hukumati va parlamenti rahbariyati qaysi OTMlarni tamomlagan? (infografika)

    02.07.2020, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.