Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 14-iyun soat 23:00 dan 15-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 183 ta holat qayd etildi. Bu bir kun davomida eng ko‘p kasallik aniqlanishi bo‘yicha O‘zbekistonda ikkinchi natija. 7-iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlangandi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Yangi kasallanish holatlari

Yangi qayd etilgan holatlarning
  • 144 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida;
  • 29 tasi aholi orasida (Toshkent shahrida — 25 ta, Samarqand viloyatida — 3 ta, Xorazm viloyatida — 1 ta)
  • 10 tasi Toshkent viloyatiga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
15-iyun kuni yangi kasallanish holatlari O‘zbekistonning 7 ta hududida qayd etildi. Yangi holatlarning asosiy qismi Toshkent shahri va viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi. Koronavirusga chalinganlar soni oxirgi 6 soatda keskin ko‘paydi. Soat 17:00 dan soat 23:00 gacha 109 kishida koronavirus aniqlandi.

Toshkent shahrida bir kun ichida aholi orasida 25 ta holat qayd etildi. So‘nggi kunlarda poytaxtda aholi orasida koronavirus yuqtirib olish holati aholi orasida 20 tadan oshmayotgandi. Roppa-rosa bir hafta avval — 8-iyunda Toshkentda aholi orasida 54 kishi koronavirus yuqtirib olgandi. Undan bir kun avval esa Toshkentda 195 ta holat qayd etilgandi. Poytaxtda iyun oyida faqat 3-iyun kuni aholi orasida bironta ham kasallikni yuqtirib olish holati qayd etilmagandi.

3 ta yangi holat qayd etilgan Samarqand viloyatida 3 kun o‘tib yana aholi orasida kasallik yuqtirib olish holati aniqlandi. Xorazm viloyatida kasallik aniqlangan 10 kishidan 1 nafari aholi orasida aniqlandi. Viloyatda oxirgi marta 10-iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlangandi.

Buxoro, Navoiy va Namangan viloyatlarida 15-iyunda kasallikni yuqtirib olish holatlari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida aniqlandi.

Kasallikdan davolanish

15-iyun davomida 76 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 33 nafari Navoiy viloyatidagi, 24 nafari Toshkent shahridagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi, 2 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi. Endilikda koronavirusdan davolangan kishilar to‘g‘ridan to‘g‘ri uylariga kuzatilmoqda. 12-iyundan boshlab koronavirusdan sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechilgan.

Aprel oyidan beri ilk marta shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 1200 nafardan oshib ketdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 1225 nafar bemordan 1026 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 199 nafar bemor mamlakatning 9 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5263 nafar bemordan 4019 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi kun 1 foizga pasaymoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Qoraqalpog‘istonda 6, Andijonda 7, Surxondaryoda 9, Buxoroda 15, Namanganda 16, Samarqandda 20, Xorazmda 24, Qashqadaryoda 49 va Navoiyda 51 nafar bemor qoldi.

Ahvoli og‘ir bemorlar

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1225 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avval, hatto kunduzgi soat 10:00 da ham ahvoli og‘ir bemorlar 12 nafar, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 2 nafar edi. Ahvoli og‘ir bemorlarning kamida 1 nafari Surxondaryo viloyatida davolanmoqda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Karantingadilar

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 27 379 nafar, statsionar karantinda esa 20 963 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 918 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 754 nafarga kamaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda