• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 11-iyun kuni 118 kishida koronavirus aniqlandi, 105 kishi kasallikdan sog‘aydi

    O‘zbekistonda 10-iyun soat 23:00 dan 11-iyun 23:00 gacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 118 ta holat qayd etildi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining
    • 70 tasi karantin muassasalarida;
    • 39 tasi aholi orasida (shundan 18 tasi Navoiy viloyatida, Toshkent shahrida 17 ta, Namangan viloyatida 3 ta hamda Toshkent viloyatida 1 ta);
    • 9 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Toshkent viloyatida 4 ta, Sirdaryoda 3 ta, Qoraqalpog‘istonda 2 ta) aniqlangan.
    Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning 28 nafar ishchisida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. SSV axborotida ko‘ra, ular karantin muassasasida bo‘lgan.

    Aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilishi hali hamon yuqori bo‘lib turibdi. 11-iyunda bu borada oxirgi uch kundagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Aholi orasida 9-iyun kuni 25, 10-iyun kuni 27 kishida koronavirus aniqlangandi.

    Navoiy viloyatida bir kun avval birorta ham yangi kasallanish holati qayd etilmagandi, 11-iyunda esa bir yo‘la aholi orasida 18 ta kasallikka chalinish holati qayd etildi. Ushbu viloyatda ikki kun avval ham aholi orasida kasallik yuqtirib olish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlangandi.

    Toshkent shahri esa 10-iyunni hisobga olmasa, aholi orasida yangi kasallanganlar soni so‘nggi kunlarda 10 nafardan oshiq bo‘lmoqda (10-iyunda 7 ta, 9-iyunda 11 ta, 8-iyunda 54 ta, 7-iyunda 195 ta). 11-iyun kuni ham 17 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 2 nafari Yunusobod bozoridagi sotuvchilardir.

    Qoraqalpog‘istonda 4-iyundan buyon koronavirusga chalinish bilan bog‘liq yangi holat qayd etilmayotgandi. 11-iyun kuni ikki nafar xalqaro yuk mashinasi haydovchisida koronavirus aniqlandi. Qoraqalpog‘istonda 4-iyun va 29-may kuni qayd etilgan holatlar ham xalqaro yuk mashinasi haydovchilarida aniqlangandi.

    Koronavirusdan davolanish

    11-iyun davomida 105 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan sog‘aydi. Ulardan 78 nafari Toshkent shahridagi, 17 nafari Navoiy viloyatidagi, 9 nafari Samarqand viloyatidagi, 1 nafari Qoraqalpog‘istondagi tibbiyot muassasalarida davolanib chiqdi.

    Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Surxondaryo  va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Andijon (4 nafar bemor) va Qoraqalpog‘iston (4 nafar bemor) ham koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi. Buxoroda 11, Xorazmda 14, Namanganda 15 nafar bemor qoldi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4741 nafar bemordan 3637 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda. Bu boradagi ko‘rsatkich 8-iyundan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. Hududlar bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich Qashqadaryoga tegishli bo‘lib turibdi — 15 foiz. 5-iyungacha “yashil” hudud bo‘lgan Qashqadaryoda 40 nafar bemordan 6 nafari davolangan.

    Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi bemorlar Toshkent shahrida davolanmoqda. Eng ko‘p bemor hozir aynan Toshkent shahrida (865 kishi) bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Toshkent shahrida bu boradagi ko‘rsatkich bir kun avval 64 foiz edi. Ayni damda O‘zbekistonning to‘qqiz hududidagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 1085 nafarga teng.

    Ahvoli og‘ir bemorlar

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1085 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. SSVning 11-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra bergan axboroti bilan taqqoslansa, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar bir nafarga ko‘paygan. Bir kun avval ahvoli og‘ir bemorlar 8, ahvoli o‘ta og‘ir bemor 1 nafarni tashkil etayotgandi.

    15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.

    Karantindagilar

    Shu kungacha jami 458 539 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 411 033 nafari karantindan chiqarilgan. Bir kun ichida karantinga olinganlar soni 4420 nafarga, karantindan chiqarilganlar 3683 nafarga ko‘paydi.

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 923 nafar, statsionar karantinda esa 23 583 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

    11.06.2020, 23:48   Izoh (0)   106560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 24 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 4741 nafarga yetdi

    11.06.2020, 23:21

    Narpay tuman XTB mas’uli jinoyati uchun lavozimida ishlash huquqidan mahrum bo‘lgandi. Biroq u faoliyatini davom ettirmoqda

    11.06.2020, 22:20

    So‘xga elektr ta’minotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish kabellari yuborildi

    11.06.2020, 21:44

    O‘zbekistonda 11-iyun kuni koronavirusdan sog‘ayganlar soni 100 nafardan oshdi

    11.06.2020, 21:27

    Yangi qonun loyihasi nega ayrim mansabdorlarga tatbiq qilinmaydi? Adliya vazirligi izoh berdi  

    11.06.2020, 21:20

    O‘zbekistondagi qaysi dehqon bozorlarida go‘sht eng arzon narxda sotilayotgani ma’lum qilindi

    11.06.2020, 21:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.