Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor 14-may kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor — 40 yoshli erkak — Oltiariq tumanidan bo‘lib, kasallikni koronivirusga chalingan fuqarolar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi.

“Shunday qilib, viloyatdagi shifokorlar sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi”, — deya xabar bermoqda SSV.

O‘zbekistonda 14-may soat 12:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda. 14-may soat 10:00 holatiga ko‘ra kasallanganlar soni 2620 kishiga yetgan, 11 nafar bemor vafot etgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari ham koronavirusdan xoli hududlarga aylangan edi, biroq keyinroq Navoiy viloyatida olti kishida kasallik aniqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Metan zapravkalarda inqiroz — dushanba og‘ir o‘tadi, va’da va’daligicha qoldi
Sport
JCH—2022. Angliya Senegalni yirik hisobda yengib, chorak finalga yo‘l oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar va ularning ota-onalari uchun qanday soliq imtiyozlari bor?