Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 7-iyun soat 23:00 dan 8-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 109 ta holat qayd etildi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Yangi kasallanish holatlari

Yangi kasallanish holatlarining
  • 39 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida;
  • 66 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida – 54 , Navoiy viloyatida — 5, Toshkent viloyatida – 4, Namangan viloyatida — 3);
  • 4 nafari xorijdan kirib kelgan (Toshkent viloyatida — 3, Sirdaryo viloyatida — 1) xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasida aniqlandi.
“Sariq” hudud maqomini saqlab qolgan Toshkent shahrida hali hamon aholi orasida koronavirus aniqlanishi bilan bog‘liq holatlar ko‘pligicha qolmoqda. 8-iyun kuni “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilarida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, “Ravnaq bank”ning Shayxontohur filiali xodimida koronavirus aniqlangach, bankning barcha xodimlari infeksiyaga tekshirilishni boshladi. Bank vaqtincha mijozlarni qabul qilishni to‘xtatib, o‘z ishini onlayn ravishda davom ettira boshladi.

Namanganda aholi orasida qayd etilgan holatlarning ikkitasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarida aniqlandi. Namanganda 5-iyun kuni ham ichki ishlar xodimida koronavirus qayd etilgandi.

Koronavirusdan davolanish

8-iyun davomida 3 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 2 nafari Samarqanddagi, 1 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, JizzaxSurxondaryo  va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Qoraqalpog‘iston (3 nafar bemor), Andijon (4 nafar bemor) va Qashqadaryo (5 nafar bemor) koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi bemorlar esa Toshkent shahrida davolanmoqda. Eng ko‘p bemor hozir aynan Toshkent shahrida (838 kishi) bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda. Toshkent shahrida bu boradagi ko‘rsatkich bir kun avval 66 foiz, ikki kun avval 70 foiz, uch kun avval 71 foiz edi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4440 nafar bemordan 3357 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 77 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ikki kun avval 79 foiz, uch kun avval 81 foiz bo‘lgandi.

Oxirgi kunlarda yangi kasallanish holatlari sog‘ayish holatlaridan ko‘p bo‘layotgani uchun 28-apreldan buyon birinchi marta shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 1000 nafardan oshib ketdi. Hozirda 1065 kishi koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda.

O‘lim holati va ahvoli og‘ir bemorlar

8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli erkak vafot etdi. X. ismli fuqaroda 28-may kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, 31-may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. U O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 18-bemor bo‘ldi. Bemorlarning 10 nafari Toshkent shahrida vafot etgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1065 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka avvalgi axborotda ham ahvoli og‘ir bemorlar 6 nafarni, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 2 nafarni tashkil etayotgani xabar berilgandi. Ammo 8-iyun soat 10:00 dagi SSV axborotida 6 nafar og‘ir va 1 nafar o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar haqida ma’lumot berilgan. Oradan bir necha soat o‘tgach esa Toshkentda 76 yoshli erkakning koronavirusdan vafot etgani ma’lum qilingandi.

Karantindagilar

Shu kungacha jami 444 715 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 399 413 nafari karantindan chiqarilgan. Bir kun ichida karantinga olinganlar soni 3097 nafarga, karantindan chiqarilganlar 3064 nafarga ko‘paydi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 549 nafar, statsionar karantinda esa 21 753 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda