Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirus infeksiyasiga chalingan qashqadaryolik bemorning shifokorga kech murojaat qilishi uning vafotiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. ismli erkak 2020-yilning 7-iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga borib, 12-iyun kuni Toshkent—Qarshi tezyurar (“Afrosiyob”) poyezdida yashash manziliga qaytgan. Oradan uch kun o‘tib, ya’ni 15-iyun kuni tana harorati ko‘tarilgan va u uzoq vaqt uy sharoitida davolanib kelgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida qandli diabetning og‘ir kechishi tashxisi bilan dispanser nazoratida turib, davolanib yurgan.

29-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgach, G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Qashqadaryolik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 27-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 26 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)