Rossiyaning Krasnoyarsk shahridan Xitoyga yo‘l olgan yo‘lovchi samolyoti texnik nosozlik sababli Irkutskda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Krasnoyarsk—Manjuriya yo‘nalishidagi Bombardier CRJ-200 samolyoti parvozini to‘xtatib, Irkutsk aeroportiga rejalashtirilmagan qo‘nishni amalga oshirdi. Hech kim jarohat olmadi”, deydi tez yordam xizmati.
Samolyot bortida 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvoz paytida laynerning tezlik va balandlikni nazorat qiluvchi datchiklari ishdan chiqqan.
Air France aviakompaniyasining Parijdan Gvadelupadagi Puent-a-Pitr shahriga uchayotgan samolyoti yo‘lovchi bortda telefonini yo‘qotib qo‘ygani uchun aeroportga qaytishga majbur bo‘lgandi.
Shuningdek, Amerikaning United Airlines aviakompaniyasining Los Anjelesdan Shanxayga uchayotgan samolyoti uchuvchilardan biri pasportini unutib qoldirgani sababli orqaga qaytishiga to‘g‘ri kelgandi.
Izoh (0)